Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza matni
Subsidiyalar:
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash; eksport-importnii muvozanatlashtirib turish; innovatsiya; ayrim xududlarga yordam berish; konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan halqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish) maqsadida ajratiladi. Subsidiya: jahon bozorida milliy manfaatni ximoya qilish; dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar eksportini to‘xtatib turgan firmalarga madad berish; zarur ish bilan shug‘illanuvchi, lekin yangi, hali moliyaviy zaif firmalarni qo‘llab-quvvatlash; davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish yuritayotgan firmalarni siylash uchun beriladi. Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda saqlab turish maqsadida malga oshiriladi. Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash; qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish; qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik; korxonaga soliqdan engillik berish; soliqni kreditga aylantirish; korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash; subsidiya ajratish; korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish. Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak; korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling