Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza matni
Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi xisoblanadi, chunki iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal qilishga yordamlashadi. Samaradorlik tufayli korxona kuyidagilarga ega bo‘ladi: " o‘zining iqtisodiy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlaydi; " o‘z imidjini yaxshilaydi va xamkorlar bilan alokalarini mustaxkamlaydi; " xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy axvolini yaxshilaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kuyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi: "bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal xajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; " iste’molchilar talabini kondiradigan maxsulot ishlab chikarib sotish va foyda olish; " aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish. Xo‘jalik samaradorligini baxolash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jixatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va maxsulotning mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida baxolash mumkin. Mehnat unumdorligi-inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. bu erda: Mu – mehnat unumorligi; Q - maxsulot xajmi qiymat ko‘rinishida; Is - ishchilar soni. Maxsulotning mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi maxsulotning fond sig‘imi va fond kaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond kaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi. bu erda: Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida; F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital ko‘yilmalarni anglatadi. Fond kaytimi kanchalik yuqori va fond sig‘imi kanchalik past bo‘lsa, mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond kaytimini ko‘paytirishning muhim zaxirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir. Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, maxsulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati orqali aniqlanadi. bu erda: m- maxsulotlarning material sig‘imi; MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m; Q- maxsulot xajmi, so‘m Samaradorlikni oshirish omillari kuyidagilar: maxsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond kaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Bu yo‘nalishlarga kuyidagilar kiradi: " ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; " fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va maxsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish; " ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy joylashtirish darajasini oshirish; " inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ; " xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish; " ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling