Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.5 Mb.
bet75/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

5.Narhni aniqlash usullari
Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar standart narxlar deyiladi. Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi mumkin, ya’ni bu narx xaridorga qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zgaruvchan narxlar – bular bozor sharoitiga qarab oshirilib yoki kamaytirilib turiladi. Bunda xarajatlarning eng muhimi talabning o‘zgarishi hisobga olinadi. Masalan: yangi tovar modaga kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko‘ra narxi baland, u odatdagi tovarga aylangach narxi ham arzonlashtiriladi. yoki qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat bo‘lib, bahorga borib ular arzonlashtiriladi. Narxlarning o‘zgarishi ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy o‘lchami narx diapazoni deyiladi.
Monopol narxlar monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga belgilanib, ishlab chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Tartibga solinadigan narxlar – bu yuqori va quyi chegarasi belgilangan narxlardir.
Irratsional narxlar er, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.
YAshirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi.
Narx diapazoni. Turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi.
Davlatning narxlarga aralashish faoliyati limitlangan va dotatsiya-langan narxlarni keltirib chiqaradi.
Limitlangan narxlarda davlat narxlarining yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyasiyani jilovlaydi, narxni nazorat qiladi.
Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan almashtirmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, beva – bechoralar, ishsiz va nogiron kabilarni minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlash-tirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri – ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar odatdagi narx bilan arzonlashtirilgan narx o‘rtasidagi farqni o‘z hisobidan qoplaydilar.
Bozorda narxlar darajasi va nisbati bozor holatini belgilaydi. Narxlar darajasi ularning o‘lchamidir. Narx darajasi ikki turga bo‘linadi: 1) Mutloq daraja – bu narxning umumiy miqdori bo‘lib, ma’lum tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. Masalan: ma’lum markadagi avtomashina 4000 dinor, 15000 dollar, 80000 frank, 25000 marka, 15000 so‘m turadi. Bu mutloq miqdor, arzonchilikni ham, qimmatchilikni ham ko‘rsatmaydi. Buning uchun nisbiy darajani bilish kerak. 2) Nisbiy daraja – bu narxning xarid qobiliyatiga nisbati, aniqrog‘i narxning xarid qobiliyatidagi hissasini ko‘rsatadi. U narx xarid pulini necha foizini tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan: dehqonning bir oylik maoshi 200 ming so‘m deb faraz qilaylik, 1 kg go‘sht narxi 6 ming so‘m. Demak, go‘sht narxining dehqonning bir oylik daromadidagi nisbati 3% (6x100:200)ga teng. SHuningdek narxning quyi va yuqori chegarasi degan tushunchalar amal qiladi. Narxning quyi chegarasi hech bo‘lmaganda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi kerak. Narxning yuqori chegarasi esa ishlab chiqarish xarajatlarini qoplab, iloji boricha maksimal foydaga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Lekin bozor iqtisodiyotida bozor xaridorning izmiga bo‘ysunadi. Xaridorning puli, uning xarid qobiliyatini belgilaydi, ya’ni sotuvchilar narxni shu chegaragacha oshirishlari mumkin.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling