Statistika fanidan savollar va testlar
Variatsiya – bu:
ommaviy hodisalarning vaqt oralig‘ida o‘zgarishi
makon doirasida tarkibdagi barcha statistik o‘zgarishlar
makon doirasida va vaqt oralig‘ida muhim belgilarning o‘zgarishi
jami tarkib o‘zgarishlari
Qaysi variatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha miqdor atrofida tebranuvchi belgining mutloq miqdorini ifodalaydi?
variatsiya koeffitsienti
dispersiya
variatsion kenglik
o‘rtacha kvadratik tafovut
Variatsiya koeffitsienti ...
variatsiya belgisining chegaralarini
variatsiya belgisining darajasini
belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni
belgilar o‘rtasidagi tafovut chegaralarini tavsiflaydi
Agar belgining barcha ko‘rsatkichlari 16 martaga oshirilsa, unda dispersiya qanchaga o‘zgaradi:
o‘zgarmaydi
16 martaga ortadi
256 martaga ortadi
4 martaga ortadi
Agar guruh ichida variantlar o‘rtasida farq bo‘lmasa, unda guruhlararo dispersiya nechiga teng?
birga
nolga
0 dan 1 ga qadar o‘zgarib turadi
guruh dispersiyalarining o‘rtachasiga
Determinatsiya koeffitsienti nimani o‘lchaydi:
tadqiq etilayotgan hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik zichligini
barcha omillar ta’sirida yuz beradigan variatsiyani
o‘rganilayotgan omil ta’siri natijasida, natijaviy belgi variatsiyalashuvining ulushini
variatsiyaning o‘rganilayotgan omildan tashqari barcha omillar bilan bog‘liqligini
7 Savdo tashkilotida sotilayotgan sport oyoq kiyimlarining o‘rtacha razmeri 39 ga, modasi 39 ga, medianasi 39 ga teng. Sotilgan sport oyoq kiyimlari razmeri taqsimoti bo‘yicha xulosalar qiling:
simmetrik
taxminan simmetrik
chap tomonlama assimetrik
o‘ng tomonlama assimetrik
8 Umumiy dispersiya -
o‘rganilayotgan variatsiyani ifodalaydi
o‘rganilayotgan to‘plamdagi hamma sharoitlarga bog‘liq belgi variatsiyasini xarakterlaydi
har bir guruhdagi tasodifiy variatsiyani baholaydi
yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish, nazorat qilishni ifodalaydi
Dispersion tahlil yordamida:
a) bir yoki bir necha belgi bo‘yicha guruhlangan hodisalar o‘rtachalari o‘rtasidagi tofavutga umumiy ishonch bahosi beriladi
b) bir yoki bir necha omillarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha umumiy ishonch bahosi aniqlanadi
c) juft o‘rtachalar o‘rtasidagi xususiy tafovutga baho beriladi
d) noto‘g‘ri javob yo‘q
10 Alohida (individual) miqdorlar bilan ularning o‘rtachasi o‘rtasidagi farqlar yig‘indisi:
a) noldan katta
b) noldan kichik
c) nolga teng
d) birga teng
Savollar
1 Belgi variatsiya deganda nimani tushunasiz?
2 Qanday variatsiya ko’rsatkichlarini bilasiz?
3 Variatsion kenglik nima?
4 O’rtacha absolyut tafovut qanday hisoblanadi?
5 Dispersiyaning kamchiligi nimada?
6 O’rtacha kvadratiktafovut qanday hisoblanadi?
7 Dispersiyaning qanday matematik xossalari mavjud?
8 Dispersiyaning qanday turlarini bilasiz?
9 Al’ternativ belgular uchun dispersiya qanday hisoblanadi?
10 Empirik korellatsion haqida nima bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |