Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.5 Mb.
|
Ma\'ruza matni
1-Bosqich – investitsiya g‘oyasining shakllanishi deganda, biz o‘ylagan rejaning harakatga kelishini tushunamiz. Bu bosqichda investitsiya sub’ekti va ob’ektini aniqlash, uning shakli va manbalarini (g‘oyani ishlab chiqaruvchining ish mo‘ljalidan qat’iy nazar) aniqlash zarur bo‘ladi.
Investitsiya sub’ekti – investitsiyadan foydalaniladigan bo‘lib, tijorat tashkilotlari va boshqa xo‘jalik sub’ektlari hisoblanadi. Investitsiya ob’ektiga qo‘yidagilar kiradi: Qurilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan, kengayadigan korxona, bino, inshootlar (asosiy fondlar) bo‘lib, ular yangi maxsulot va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; Dasturning biror vazifasini amalga oshirishni mo‘ljallab kompleks kurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan (rekonstruksiya) ob’ektlar. Bunday sharoitda investitsiya ob’ekti sifatida, dastur mavjud ishlab chiqarish maydoni amaldagi ishlab chiqarish va tashkilot doirasida yangi buyumni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. Er: bino, inshoot, mashina va uskunalar, o‘lchagich va sinovdan o‘tkazuvchi vositalar, instrumentlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulklar. Mulkiy huquq odatda pul ekvivalentida baholanadi (12.1-chizma). Investitsiyaning asosiy manbalari: -Xususiy moliya mablag‘lari va boshqa turdagi aktivlar (asosiy fondlar, er uchastkalari, sanoat mulkchiligi) va jalb qilingan vositalar; -Federal, mintaqaviy va mahaliy byudjetlardan ajratilgan mablag‘lar; -Xorijiy investitsiya (qo‘shma korxonalar tashkil etishda, ustav kapitalining shakillanishida ishtirok etgan moliya va boshqa shakldagi); -Har xil shakldagi zayom vositalari, chet el investorlari krediti, davlatning qaytarib olish sharti bilan bergan kreditlari. Investitsiya loyihasida quyidagi investitsiya shakllaridan foydalaniladi. Pul mablag‘lari va uning ekvivalenti (maqsadli jamg‘armalar, oborot mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, masalan, aksiya yoki obligatsiya, kredit zayom, garov va boshqalar). II-Bosqich-investitsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish ko‘zda tutilgan. -eksport va importni hisobga olgan holda; -mahsulotga yoki xizmatga bo‘lgan talabni o‘rganish; -mahsulotga (xizmat) tayanch, joriy va istiqboldagi baholarni o‘rganish; -loyihani realizatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy shakli va ishtirokchilar tarkibi holida taklif tayyorlash; -yiriklashtirilgan normativ bo‘yicha taxminiy investitsiya hajmini baholash va tijorat samaradoriligini taxminiy baholash. - chiqish ruxsat hujjatlarini tayyorlash, TIA bo‘limlari bo‘yicha tahminiy baho tayyorlash, jumladan loyiha samaradorligini baholash; - asoslangan investitsiya imkoniyatlari natijalarini tasdiqlash; loyiha-izlanish ishlari, kontrakt hujjatlarini tayyorlash. Investitsiya imkoniyatlari tadqiqot maqsadi – potensial investor uchun investitsiya takliflarini tayyorlash. Agar investorga ehtiyoj bo‘lmasa va barcha ishlar o‘z mablag‘i hisobiga olib borilsa, unda loyihaning TIAni tayorlash bo‘yicha moliyalashtirish haqidagi qaror qabul qilinadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling