Soha iqtisodiyoti va menejmenti


innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli


Download 1.5 Mb.
bet93/109
Sana15.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1269362
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;

  • innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;

  • hujjatlar majmuasi.

    Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo‘naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo‘yicha o‘zaro asoslangan va o‘zaro bog‘langan murakkab tizimidan iboratdir.
    Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
    SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig‘indisidir.
    Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig‘indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.
    Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik echimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to‘liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo‘nalishlari bo‘yicha etakchi mutaxassislar kiradilar.
    Loyiha rahbari – yuridik shaxslar, unga buyurmachi loyiha: rejalashtirish, loyiha ishtirokchilari ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilish vakolatlarini topshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi buyurtmachi bilan shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha rahbari tomonidan boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish maqsadida tashkil qilinadigan o‘ziga xos tashkiliy tuzilmadir.
    Loyiha jamoasining tarkibi va vazifalari loyihaning ko‘lamlari murakkabligi va boshqa ta’riflariga bog‘liqdir. O‘z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo‘llab quvvatlovchilarga innovatsion markazlar, dasturlar va loyihalarni qo‘llab quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari, mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko‘rgazma markazlari va h.k kiradilar.
    Innovatsiya loyihasi ikki ma’noda ishlatiladi.
    Ma’lum maqsadga erishish yo‘lida tadbirni, faoliyatni, ishni va harakatlar majmuini amalga oshirish.
    Qandaydir harakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hisob moliya hujjatlar va tashkiliy-huquqiy tizim.
    Loyihani yaratish va realizatsiya qilish qo‘yidagi bosqichlardan iborat (12.1.chizma):
    Innovatsiya g‘oyasining paydo bo‘lishi.
    Innovatsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish.
    Loyihani tashkiliy ishlar Assotsiatsiyasi.
    Bitim hujjatlarini tayyorlash.
    Qurilish-montaj ishlarini olib borish.
    Ob’ektni ekspluatatsiya qilish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning monitoringi

    Download 1.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling