Soha iqtisodiyoti va menejmenti


Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi


Download 1.49 Mb.
bet105/109
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1594372
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
Ma\'ruza matni

4. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi
Raqamli iqtisodiyot, bu — alohida faoliyat turi emas. Bu, aslida, ishbilarmonlik, sanoat ob’ektlari, xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi mazkur sohalarning barchasi axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha echim ishlab chiqiladi.
Darvoqe, “raqamli iqtisodiyot” atamasi milliy qonunchiligimizda ilk bor qo‘llanilmoqda. Biroq dunyo tendensiyasi shuni ko‘rsatayaptiki, barcha rivojlangan davlatlar uni shakllantirishga allaqachon kirishgan. O‘zbekiston ham mazkur jarayondan chetda qolmasligi kerak. Zero, biz globallashuv, dunyo hamjamiyati bilan integratsiyaga kirishish haqida gapirarkanmiz, bu borada o‘zgargan (transformatsiya qilingan, yangilangan) iqtisodiyot ravnaqi muhim sanaladi.
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev 2021 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etishida “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. SHu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur”. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. SHuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.
2021 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.
Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga etkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.
Bugungi shiddatli davr mamlakatimiz oldiga rivojlanishning uzoq muddatli strategiyasini belgilash va barcha sohalarni izchil taraqqiy ettirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Prezident SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir. 
Konsepsiya loyihasi davlat boshqaruvini isloh etish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, innovatsiya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlardan iborat. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davomida to‘plangan tajriba mazkur konsepsiyaning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Eng muhimi, mamlakatimizni rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishishni nazarda tutadi. 
Loyihaning davlat boshqaruvini isloh qilish yo‘nalishida qonunchilik bazasini takomillashtirish, sud tizimini isloh etishni davom ettirish, aholi siyosiy madaniyatini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va O‘zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rnini yuksaltirishga imkon beradigan davlat boshqaruvi institutlarini takomillashtirish vazifalari belgilangan. 
2.Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kabi omillarga asoslanadi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga 2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 479 milliard dollarga etkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda YAIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi, aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga olingan, Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan. 
3.Mamlakatimizda “Aqlli shahar” innovatsion texnologiyalari joriy etishning boshlang‘ich bosqichi davom etmoqda. Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar”, “Aqlli hisoblagichlar”, “Aqlli transport”, “Aqlli tibbiyot yo‘nalishlari” bo‘yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirilib va ular amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar hamda “Tashkent City” va “Delta City” loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi 2021 yil 18 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 48-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Uning asosiy maqsadi "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish orqali shaharlarning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu konsepsiyada “Aqlli shahar” innovatsion texnologiyalari joriy etishning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari ifodalanib, ularni amalaga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
“Aqlli shahar” texnologiyalarining asosiy maqsadi insonlar yashash sifatini yaxshilash, ularga qulaylik tug‘dirish, mavjud resurslardan samarali foydalanishdir. Asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilardan iborat:
Aqlli transport”
“Aqlli transport” aloqa tizimi orqali yo‘llarda vaziyatni to‘liq aniqlash, shuningdek, mobil operatorlar ma’lumotlari va SRS signallaridan foydalangan holda transportlar oqimini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Yo‘llardagi tirbandlikni kamayishiga, transport vositalarining qisqa yo‘llar orqali manzilga etib borishiga, yo‘lovchilarning vaqtlarini tejashga xizmat qiladi.
Transportlarni joylashtirish uchun bo‘sh joylar va ularning orasidagi masofani aniqlovchi “Aqlli joylashtirish” texnologiyasi, avtomobil va yo‘llardan foydalanish uchun elektron to‘lov tizimlari, yo‘lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish, geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya tashkil etilishi o‘z navbatida haydovchilar va yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling