Soha lug'atlari haqida ma'lumot Reja: Soha lug’atlari. Glossariy. O`Zbek lug`atlarining tiplari
Download 68 Kb.
|
SOHA LUG\'ATLARI HAQIDA MA\'LUMOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mavzu: Soha lug'atlari haqida ma'lumot Reja: Soha lug’atlari.Glossariy. O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI Leksikografiya haqida Soha lug’atlari.Glossariy. Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi. Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor: Lug`atchilik Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq, Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`linadi Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari; 2. Lingvistik lug`atlar, Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan 2.So`zligi jihatidan. Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi. Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi. Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi. Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya; 2.Maxsus ensiklolediya. Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi, Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi. Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi: Bir tilli lug`atlar. Ikki tilli tarjima lug`atlar. Ko`p tilli tarjima lug`atlari, O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi. Hajm nuqtai-nazaridan. So`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan. Maqsad nuqtai nazaridan. Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar. Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsus lug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi. Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi: 1)katta lug`at; 2)o`rtacha lug`at; 3) kichik lug`at. Terminlar, dialektal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`z iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi. Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbek gilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazina lug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi, Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin. O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normativ lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tili izohli lug`ati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin. MAXSUS LUG`ATLAR tipiga yon lug`atlar va maktab lug`atlari kiritiladi. Maktab lugatlari so`zligida ko`proq darsliklarda qo`llangan so`zlar beriladi. KICHIK LUG`ATLAR so`zligining qanday maqsadga ko`ra chegaralanganligiga ko`ra 3 tipga bo`linadi: 1) Leksik qatlamlar lug`ati; 2) Leksik tanlangan lug`at; 3) Terminologik lug`at. Leksik qatlamlar lug`atiga so`zligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan tashkil topgan lug`atlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati», Sh.Rahmatullayevning «O`zbek tili qisqacha frazeologik lug`ati» kabilar misol bo`ladi. Leksik tanlangan lug`atlarga so`zligiga biror muallif, biror yodgorlik, biror asar (Gorkiy lug`ati) kiradi. Masalan: Borovkovning «O`rta Osiyo tafsiri leksikasi». E.Fozilovning «Староузбекскийязык» va boshqalar. Terminolog ik lug`atlarda biror fan yoki biror kasbga oid terminlar beriladi: S.Ibrohimovning «Paxtachilik terminlari lug`ati» (1934) N.Mamatovning «Paxtachilik terminlarining qisqacha izohli lug`ati» (1964), N.Hotamovning «Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at» (1960) va boshqalar. So`zlik lug`atning mazmunini tashkil etadi. So`zlik lug`at uchun tanlangan so`zlar ro`yxati bo`lib, bu ro`yxat ma’lum tartibda beriladi. Mana shu so`zlikning berilish usuli nuqtai nazaridan lingvistik lug`atlar 3 tipga bo`linadi: 1) alfavit tartibli lug`atlar; 2) tematik lug`atlar; 3) uyali lug`atlar. Alfavit tartibli lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati alfavit tarzida beriladi. Alfavit «sirtqi» va «ichki» tartib bo`yicha beriladi. Tematik lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati ma’lum mavzularga bo`lib beriladi, bunda so`zlar avval so`z turkumlari bo`yicha ajratilib (ot, sifat, fe’l) so`ngra ular ichki tematik bo`linishlar bilan beriladi. Tematik lug`at 1975-yil Toshkentda nashr etildi. Tuzuvchilar N.Tixonov, N.Hotamov, S.Emelyanova, M.Tixonovalardir. Lug`at so`zligidagi so`zlar 16 tematik qismga bo`lingan bo`lib, yer, osmon, qazilma boyliklar, o`simliklar, odam kabi nomlangan. Lug`at ruscha-o`zbekcha tarjima lug`atidir. O`zbek leksikograflari oldida uyadosh so`zlar lug`atini yaratish vazifa bo`lib turibdi. Xuddi shuningdek «O`zbek tili izohli lug`at»ni hozirgi sistem tilshunosligi nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqish va baholash lozim. Bunda H.Saidova, R.Safarova, B.Qilichev, G.Ne’matova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanish zarur. Leksikografiya lot. lexikos —so‘z, grapho —chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.Lug‘atlar ikki turli boladi:1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar; 2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa —“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda. Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘zbirikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi. Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.Xizmat xatlariTashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javobxarakteriga ega bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil adi.Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:1)javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);2)javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat xatlar va h.k).Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish ma’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga ko‘rsatilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga yoziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan iborat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin. Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yo‘llanadigan bo‘lsa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.Moliyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.Axborot xatiAxborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni tashkilot yoki shaxs amalga oshirishi mumkin.Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma ko‘rinishiga o‘xshaydi. Xatlar ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan imzolanishi mumkin.Tasdiq xatMa’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so'rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turidir.Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko'rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo'llanuvchi asosiy so‘zlardan biri "tasdiqlamoq" fe’lidir.Tasdiq xatlar o‘z vaqtidajo‘natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalarining hajmi qisqaradi.Farmoyish xatFarmoyish xat bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko'pgina sohalarida qo'llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil xabarni bir necha manzilga o‘tkazishdir.Farmoyish xatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy nomi yozilishi maqsadga muvofiqdir, masalan:Barcha qurilish boshqarmalariga;Barcha maktab direktorlariga kabi.Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Agar xat matnida hisob bo'limiga oid masalalar ham bo'lsa, bosh hisobchi ham imzo chekadi. Bosh rahbar imzolagan l-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi tomonidan tasdiqlanib, nusxa sifatida tarqatiladi.Kafolat xatMuayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida yoziladi.Xatlaming bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to'lashda, uningbajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul ilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va ishkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan bog'liq bo‘lgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur.Ba’zan kafolat xati matnida «kafolat» berish bilan birga xabar berish, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin.Tashkilotlar tomonidan kutubxonalargaberiladigan tayyor andozaviy kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. Dialogik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi.Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeyi dialogik nutqning mazmunini belgilaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.U.Tursunov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent. O‘zbekiston. 1992. 126-141 betlar 2.SH.Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980. 110—118betlar. 3.M.Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29—45 betlar. 4.H.Ne’matov. R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O‘qituvchi. 1995. 32-36, 84-105betlar. 5.O‘zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255-293betlar. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling