MAVZU: MUAMMOLI VA OBRAZ MAQOLALAR
REJA:
Kirish
Muammoli maqolalar
Obraz haqida
KIRISH
Bugungi kunda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalar haqida tezkor xabar berishning o‘zi yetarli emas. “Inson o‘zi ko‘rgan, guvohi bo‘lgan voqyea-hodisalarni boshqalarga yetkazadi, xabar qiladi… Ammo u bilan chegaralanib qolmaydi, hayotda ko‘rgan, guvohi bo‘lgan ayrim faktlarni bir-biriga qo‘shadi, bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqish sabablari va pirovard oqibatlarini, tub mohiyatini bilishga intiladi, baholaydi, ma’qullaydi yoki inkor qiladi va hokazo”, deydi yozuvchi va publitsist M.Xudoyqulov. Darhaqiqat, aynan mana shu omil jurnalistlarga voqyelik haqida xabar berish bilan birga, uni tahlil qilish, baholash va shuning natijasida ma’lum xulosalarga kelish talabini qo‘yadi. Ushbu talablarni bajarish vositasi sifatida tahliliy janrlar ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |