Soha mutaxassisi Nutqining kommunikativ sifatlari
Download 338.53 Kb.
|
Презентация
Aniq nutq ham so`zlovchini maqsadga erishtiruvchi muhim vosita sanaladi. Aniq nutq tuza olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 1. So`z ma`nosiga e`tibor berish. 2. Omonim, ko`p ma`noli so`zlarni qo’llay bilish. 3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid tushadigan so`zlarni aytmaslik. 4. So`zlar tartibiga rioya qilish (so`zlarni o`z o`rnida qo`llash) 5. So`zni to`g’ri tanlash. 6. Ixcham aniq, lo`nda jumlalar tuzish (sarlavha, rejalar). Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi: So`z ma`nosiga yetarli e`tibor bermaslik natijasida. Paronimlar ma`nosini bilmaslik natijasida.
Sharq olimlari ham aniqlikni nutqning muhim fazilatlaridan biri deb ta`kidlaganlar. Aristotel “Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga yetishmaydi” deb aytgan . O`qituvchi nutqining aniqligi muhim fazilat sanaladi. Aniqlik ikki xil bo`ladi. Narsaning aniqligi mohir notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlansa tanlangan so`zlarni ma`nosiga mos vazifalar yuklasa ham nutq aniq tuzilgan hisoblanadi.Nutqning mantiqiyligi to`g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’liq. Nutqning mantiqiyligini quyidagi qoidalar ta`minlab beradi. 1. Eng avvalo so`zlar ma`nosini chuqur bilish. 2. So`z tartibiga rioya qilish. 3. Bir-biriga mos keladigan so`zlarni biriktirish. 4. Matndagi fikrlarning bir-biriga qarama-qarshi bo`lmasligi. 5. Bir xil ma`no ifodalalovchi so`zlarni pleonazmlarni (turli, ko`pincha) nutqqa ortiqcha kiritmaslik.
Download 338.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling