Soha notiqligi


Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mum


Download 87.06 Kb.
bet3/4
Sana21.02.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1218086
1   2   3   4
Bog'liq
18-masofa

Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin.

Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot – bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha suhbatdoshlarning fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, Shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar.

  • Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilishi, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
  • Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat va tushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi. Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi.
  • U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi. Muloqotga ikki va undan ortiq kishilarning oʻzaro tushunish va xohlangan harakatining amalga oshirilishi deb ta’rif berilishi mumkin. Bu soʻzlar va belgilar orqali ma’lumot almashinuvidir. Bu faktlar, gʻoyalar va nuqtai nazar almashinuvi umumiy qiziqishlar maqsad va harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Menejment Assotsiatsiyasi «kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday xatti-harakatdir», deb ta’rif beradi. Piter Litl muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: «Muloqot yakka shaxslar va tashkilotlar oʻrtasidagi ma’lumot beruvchi jarayon boʻlib, u tushunish javobini keltirib chiqaradi».
  • Nyuman va Sammer Juniorning ta’kidlashicha, «Muloqot – ikki yoki undan koʻp shaxslarning faktlar, gʻoyalar, fikrlar yoki his-tuygʻulari almashinuvidir». Keys Vevisning fikriga koʻra, «Bir insondan boshqasiga ma’lumot va tushunchani yetkazish jarayonidir. Bu, ayniqsa, insonlar oʻrtasidagi ma’no-mohiyat koʻprigidir.
  • Muloqot – boshqa bir inson idrokida tushuncha yaratishni xohlaganda amalga oshirilgan barcha narsalar jamlanmasidir. U gapirish, eshitish, tushunishning tizimli va davomiy jarayonidir», deya izohlaydi. Shunday qilib, aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot berish, aniq nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir.
  • 1. Koʻrsatma uchun: koʻrsatma berish funksiyasi oʻzgarmas boʻladi va muhimi buyurish xususiyati bilan shugʻullanadi. Ozmi-koʻpmi buyurish xususiyatidadir. Bu bilan aloqa qiluvchi keyingi darajadagi shaxsga muayyan vazifalarni bajarishiga imkoniyat yaratish uchun kerakli koʻrsatmalarni va yoʻriqlarni berishi tushuniladi. Bunda koʻrsatmalar, asosan, yuqori darajadan quyi darajaga beriladi.
  • 2. Integrallashish uchun: bu jamlovchi funksiya boʻlib, unda integrallashuv faoliyatlari sinaladi. Integrallashuv funksiyasi, asosan, biznes tashkilotlarining turli xil funksiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishdir. U turli boshqaruv funksiyalarining birlashuviga yordam beradi.
  • 3. Ma’lumot berish uchun: tashkilotdagi muloqot funksiyalari yoki shaxs va guruhning muayyan vazifasi yoki kompaniya siyosati(tartib –qoidalari), yo boʻlmasa, jarayonlari haqida ma’lumot berishdir. Yuqori darajadagi boshqaruv a’zolari quyi darajaga oʻrta daraja vakillari orqali siyosat (tartib-qoidalari) yetkazadilar. Oʻz navbatida, quyi daraja munosabatlarini oʻrta daraja vakillari orqali yetkazadilar. Ma’lumot tashkilotda vertikal, gorizontal va diagonal tarzda yoyilishi mumkin. Muloqotning asosiy maqsadi ma’lumotga ega boʻlish yoki boshqalarga xabar berishdir.
  • 4. Baholash uchun: faoliyatlarning tekshiruvida vazifalarning bajarilish qiymatini belgilash fikrni shakllantirish muloqot orqali erishiladi. Muloqot shaxs yoki jamoaning tashkilotga qoʻshgan hissasini baholash vositasidir. Oʻzining qoʻshgan hissasini, boshqa birovning ishlab chiqarish unumdorligini yo boʻlmasa, ba’zi gʻoyaviy rejasini baholash samarali muloqot jarayonini talab etadi.
  • 5. Koʻrsatmalar uchun: muloqot yuqori boshqaruv a’zolari yoki boshqaruvchi tomonidan koʻrsatma(farmoyish)larni chiqarish uchun zarur. Ishchi oʻzidan yuqori lavozimdagi shaxs tomonidan koʻrsatma berilganda unumdorlikni oshira oladi. Koʻrsatmalar boshqalarga ogʻzaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin. Buyruq oddiy buyruq, talab buyrugʻi yoki nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
  • 6. Oʻqitish uchun: ish joyida Shaxsiy xavfsizlik ahamiyati nihoyat darajada e’tirof etilgan. Toʻliq muloqot jarayoni ishchilarni ish joylarida Shaxsiy xavfsizliklari haqida oʻqitish va ta’lim berishliklarini talab etadi. Bu muloqot ishchilarga muloqot, tavakkalchilik va h.k.larning oldini olishlariga, shu bilan birga xarajat, jarayon va hokazolarga yordam beradi.

7. Ta’sir koʻrsatish uchun: toʻliq muloqot jarayoni boshqalarga ta’sir koʻrsatish va ta’sirlanishda zarurdir. Shaxsning boshqalarga ta’sir koʻrsatish imkoniyati boʻlarkan, u osonlik bilan boshqalarni unday oladi. Bu aloqaning samarasini anglatuvchi javob reaksiyasini ta’minlaydi.

8. Imidj (koʻrinish)ni yaratish uchun: biznes korxonasi jamiyatning boshqa qismidan ajrala olmaydi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan korxona va jamiyat oʻrtasida oʽzaro munosabat va oʻzaro bogʻliqlik boʻladi. Ish obroʻsi va ishonch omma orasida yaratilishi zarur. Bu jamiyatda firmaning koʻrinishini koʻrsatib beruvchi oʻzga vosita bilan muloqot orqali bajarilishi mumkin. Samarali tashqi muloqot tizimi orqali jamiyatga korxona oʻzining maqsadlari, faoliyatlari, istiqboli va jamiyatdagi mas’uliyati haqida ma’lumot berishi kerak.

  • 9. Ishchilarning xabardorligi (moʻljal olishi) uchun: yangi ishchi tashkilotga kelgan vaqtida tashkilot dasturlari, siyosati, madaniyati va hokazolarni bilmaydi. Muloqot orqali insonlar tashkilotda hamkasblari, yuqori lavozimdagilarning siyosati, maqsadi, qoidalari va tartibga solish kabilar bilan tanishadilar. Boshqalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan va muvofiq ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali muloqot qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar samarali va yaroqli bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot bilan ta’minlanishi shart.

Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish oʻziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, monologik muloqot suhbat vaqtida dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq qaratilgan boʻladi. Ekstralingvistik faktorlar bevosita muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat kasb etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, dialogdan farqli ravishda aytib tugatilmagan oʻrinlar ekstralingvistik momentlar bilan toʻldirib ketiladi. Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda boʻlishi sababli qayta soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan joyga qaytish uchun toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushu-nish hamma vaqt ozmi-koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa ayrim luqmalar emas. Shuning uchun tinglovchining eshitish xotirasi yetarli darajada rivojlangan boʻlishi talab qilinadi.

  • Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni amalga oshirish uchun oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda mantiqiy tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mumkin. Birinchi guruhni bilish protsessni, tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki tushunishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.
  • Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish va notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib kontekstdagi kam uchraydigan notanish soʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
  • Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish bilan uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq shunga ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.
  • Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim. Dialoglarni toʻldirish mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan toʻldirish tavsiya etiladi.
  • Tinglab tushunish mashqlari dialog protsessida gapirishni ham shakllantirishi tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish va gapirish bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir nutq mashqlari eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga koʻra belgilanadi.

Agar eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi qoʻyilsa, quyidagi vazifalar berilishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn mazmunini oʻz soʻzlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarish, audiotekst qismlariga sarlavhalar qoʻyish va hokazo. Agar tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻzlab berish, ayrim gaplarga savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar boʻlgan joyni ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo shu faktorni hisobga olishning oʻzi yetarli emas. Didaktik vazifaning xarakteri yuqoridagilardan tashqari, oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham belgilanadi.

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling