Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud. Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi. - Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir. Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi.
- Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
- 1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
- 2. Doʻstona munosabatlar asosidagi muloqot.
- 3. Masofadan turib muloqotga kirishish.
- 4. Qo‘rqitish(qo‘rquv) asosidagi muloqot.
- 5. Yolgʻon obroʻ-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.
Do'stlaringiz bilan baham: |