Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar


Oddiy xo'jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar


Download 2.73 Mb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1792525
1   2   3
Bog'liq
1Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar1

Oddiy xo'jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar:

  • Oddiy xo'jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar:
  • Shartnoma nomi.
  • Shartnoma tuzilgan sana.
  • Shartnomaning tuzilgan joyi.
  • Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq va to'liq nomi.
  • Shartnomaning matni.
  • Tomonlarning huquqiy adreslari.
  • Tomonlarning imzo va muhrlari.

Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi: bunda “imzo” degan zaruriy qismda imzo qo'yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o'rnatayotgan huquqiy shaxslarning nomi ko'rsatiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi lozim, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig'majildida kamida bir nusxasi bo'lishi lozim. Shartnomaning barcha turlari bir xil huquqiy kuchga ega bo'ladi.
Shartnoma matni varakning xar ikkala tomoniga kompyuterda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o'zaro bir yarim oraliq bilan yoziladi. “Shartnoma” so'zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi.
Shartnoma va kontraktlar o'z shakli va mazmuniga ko’ra nihoyatda xilma-xil bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo'lishi uchun yetkazib beruvchi korxona iste'molchi korxonaga mahsulot yetkazib berish bo'yicha o'zaro munosabatlar o'rnatadilar. Bu munosabatlar mamlakat xo'jalik hayotida ulkan ahamiyatga ega bo'lgan yetkazib berish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo'lib, unga ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan mahsulotni belgilangan muddatlarda iste'molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi, iste'molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo'yicha to'lash majburiyatini oladi.
Yetkazib beruvchi korxona va iste'molchi tashkilot xo'jalik shartnomalarini tuzishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Ishlab chiqarish - texnika mahsulotlarini yetkazib berish haqidagi Nizom»ga va «Xalq iste'moli tovarlarini yetkazib berish haqidagi nizom»ga amal qilishlari kerak.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling