Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish


Download 74.87 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi74.87 Kb.
#1576597
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish

Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi:

  1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;

  2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;

  4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;

  5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;

  6. Ta’lim tizimini boshqarish;

  7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;

  8. Ta’lim tizimini moliyalash;

  9. Moddiy-texnika ta’minoti;

  10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;

  11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;

  12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

  13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;

  14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;

  15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan.

Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo‘lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinsiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.


Davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy- texnika bazasini yaxshilash barobarida, kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish, ehtiyojga muvofiq kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi - o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarga muvofiq malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi sanalib, ta’limning barcha turlari uchun davlat ta’lim standartlari, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishning uslubiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash tizimi me’yoriy asoslari va faoliyat ko‘rsatish muhitini yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning o‘rni beqiyos bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirishga zamin tayyorlaydigan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni ta’lim-tarbiya jarayoni va ishlab chiqarishga tatbiq etishni ta’minlashi zarur.
Ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi sifatida kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi sanaladi.
Davlat va jamiyat Respublikamizdagi barcha fuqarolarning uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha tahsil olishi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi, hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy- nazariy asosi bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 20 yildan oshdi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan va modernizatsiya- langan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki turi bo‘lgan maktabgacha ta’limda barkamol shaxsni voyaga yetkazishga zamin tayyorlaydigan dastlab “Uchinchi ming yillik bolasi”, keyinchalik esa “Bolajon” dasturi orqali yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanmoqda, ularda Vatanga muhabbat, tahsil olishga intilish hissini uyg‘otish orqali olamni tanish, dunyoqarashini shakllantirish borasida izchil va muntazam ta’limtarbiya jarayonini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasini amalga oshirishda davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, oilalar, mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlarning o‘rni beqiyos.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga og‘ishmay tatbiq etishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qituvchi-pedagoglar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, o‘quv muassasalarining o‘quv-metodik bazasini butunlay qayta ko‘rib chiqish asosida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, tasdiqlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o‘ylangan, samarali model ekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni va roli bilan belgilash mumkin.

Download 74.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling