Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish


Download 74.87 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi74.87 Kb.
#1576597
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish


Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

  1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  3. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

  9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Ushbu qonunda tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi xamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligi aloxida ta’kidlab o‘tilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida ta’lim muassasasining huquqiy maqomi nazarda tutilgan. Unga asosan, ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qonunga ko‘ra, ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan.
Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish belgilangan.
Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo‘lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinsiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.

Download 74.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling