Sohalarining
Kavitatsiya va yeyilishdan s
Download 445.94 Kb.
|
KURS ISHI GES
Kavitatsiya va yeyilishdan shikastlanish.
Kavitatsiya va yeyilishdan buzilishlar tabiati turlicha bo'lsa ham, bu buzilishlarni ta’mirlash usullari bir xil va elektr qoplashdan foydalanib amalga oshiriladi. Agar kavitatsion bo'shliq 0,2-0,5mm chuqurlikdan oshmasa va kichik maydonga tarqalgan bo'lsa, shikastlanishlarni quyib to'ldirilmaydi, lekin albatta tekis ravon yuza olinguniga qadar tozalanadi. Agregatni qismlarga ajratmasdan turib tugatilishi mumkin bo'gan buzilishlarda ta’mirlash shu verning o'zidayoq amalga oshiriladi. Katta buzilishlarda ayniqsa kichik diamctrli radial-o'qiy g'ildiraklarni buzilishlarida, agregatni to'laligicha qismlarga ajratiladi. Elektr qoplab ta’mirlash uchta texnologik bosqich: tayyorlash, xususan, payvand choklarni suyultirib qoplash va jilvirlashni o'z ichiga oladi. Chiziqlar bilan yeyilish ba’zan shunday katta bo'ladiki, kuraklarning o'zi yoki ularning ishchi yuzasi 20-30% yeyiladi. Bunday hollarda ta’mirlash vaqtida shikastlangan maydonlar qirqib olinadi va ularni o'rniga kurakchalar shakli bo'yicha quvilgan po'lat plastinalar kiritiladi va payvandlanadi. Kavitatsion buzilishlardan himoyalanish uchun uglerodli po'latdan tayyorlangan ishchi g'ildiraklarni zavodlarda kavitatsiya ta’- siriga bardoshliroq boMgan, 2-3mm qalinlikdagi 1 h 18N91 zanglamaydigan poMat Iistlari bilan pardozlab qoplanadi. Biroq foydalanish tajribasining ko‘rsatishicha. ochiq metall jadal kavitatsiyaga uchraydi. Radial-o'qiy g’ildiraklarni pardozlab qoplash uchun poMatdan 40-60mm kenglikdagi tasmalar qirqib olinadi, list uzunligini esa kurakcha uzunligi bilan mos ravishda tanlanadi. Pardoz qoplashdan avval kurakchalarning barcha kavitatsion buzilishlari qo'yib toMdirilishi va jilvirlanishi kerak. Zanglamaydigan poMat tasmalarini kuraklar shakli bo'yicha egiladi, ularning qirralarini esa yaxlit pardoz qoplama hosil qilib kurak metaliga pavvandlanadi. Burilma-kurakchali turbinalar kurakchalarini pardozlab qoplash uchun 50 mm kenglikdagi zanglamaydigan poMat tasmalari olinadi.Ba'zan 100 mm kenglikdagi kesikli tasmalardan foydalaniladi: tasmaning o'rtasida 10h40 mm oMchamli t ismaning butun uzunligi bo'yicha 60 mm qadamli teshiklar ochiladi. Tasmalarni kurakchaga kromalar orasida 10 mm dan payvandlanadi va list bilan kurakcha o'rtasida tirqish qolmasligiga e ’tibor beriladi. Pardoz qoplamani kurakchalarga yaxshi o'tirishi uchun po'Iat bo'shliqlarni qo'rg'oshinli yoki mis kuvalda bilan urib chiqiladi. Suyultirib qoplash ishlarining hajmi katta bo'lsa, metall kurakchaga notekis qo'yilishi mumkin, u holda ishchi g'ildirakda debalansni keltirib chiqaruvchi muvozanatlashmagan massalar paydo bo'lib, u o'z navbatida agregatning aylanish chastotasi katta bo'lgani sari shuncha katta titrashlarni keltirib ehiqaradi. Shuning uchun ta’mirlash texnologiyasi bilan mos ravishda qoplash ishlaridan so'ng ishchi g'ildirakning statik muvozanati ko'zda tutiladi. Download 445.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling