Sohalarining
- rasm. Kuchli ta’sir etuvchi AQU ning struktura sxemasi
Download 445.94 Kb.
|
KURS ISHI GES
3 - rasm. Kuchli ta’sir etuvchi AQU ning struktura sxemasi
Oʻlchash zanjiriga: kuchlanishni oʻlchash bloki (KOʻB) va chastotani oʻlchash bloki (ChOʻB) kiradi. Kuchlanishni oʻlchash bloki oldin ulangan element tokni rostlash bloki (TRB) ga ega boʻlib, unda oʻlchanayotgan kuchlanish generator tokining reaktiv tashkil qiluvchisiga qarab, avtomatik tarzda korreksiyalanadi. TRB dan keyin signal oʻlchash elementlari (kuchlanishning chetga chiqishi) va U1 (kuchlanishning hosilasi) ga keladi, bu elementlarning chiqish kuchlanishlari koʻrsatilgan miqdorlarga proporsional boʻladi. Chastotani oʻlchash bloki oʻlchash elementlariga ega boʻlib, ularning chiqishga chastotalari va f1 larga proporsional boʻladi. Kuchaytirgich - summator ikki kaskadli magnit kuchaytirgichdan iborat boʻlib, uning chiqish signali qoʻzg’atish tizimi (ijro qiluvchi element) ning tez ta’sir qiluvchi tiristorlarining ish va jadallashtirish guruhlarini boshqarish uchun beriladi. AQU ning harakteristikalarini yaxshilash (tez ta’sir qilishni oshirish va boshqalar) uchun toʻg’rilagich sxemasiga, odatda, teskari aloqa (bog’lanish) TA lar kiritiladi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishim mumkunki “Gidroelektrstansiyalarni loyihalashning avtamatik tizimlari” fanidan ko’rib chiqqan kurs loyiha ishimiz biz yosh kadirlarni kelgusi faoliyatimizda juda ko’p marotaba faydasi tegadi. Chunki ushbu kurs loyihasini tayorlash davomida shaxsan men o’zim uchun juda ko’lab muhim va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Xususan yurtimizda yangidan-yangi barpo etilayotgan gidroenergetik inshoatlar, president farmonlari va kelgusida barpo etilajak yangi gidroelektrstansiyalar haqida juda ko’plab ma’lumotlarni ko’rib chiqdim, hamda bu yangi barpo etilayotgan gidroelektrstansiyalarning boshqaruv tizimida tadbiq etilayotgan yangi avtamatik boshqaruv tizimlari haqida ham ko’plab muhim ma’lumotlaga e’ga bo’ldim. Rеspublikаmizdаgi umumiy gidrоenеrgеtik pоtеnsiаl 74445 MVt ni tаshkil qilаdi, shundаn hоzirgi kundа fаqаt 23 % fоydаlаnilmоqdа. GESlаrdа оlinаdigаn elеktrоenеrgiya eng аrzоndir. Fаqаt GESlаr qurilishigа kаpitаl sаrf IESgа nisbаtаn kаttа, lеkin bu hаm yillik chiqimlаr hisоbigа tеz qоplаnib kеtаdi. Gidrоenеrgеtikаni umumiy xаlq xo’jаligi rivоjidа qаrаsаk, аsоsiy bir оmilni esdаn chiqаrmаslik kеrаk, bu tаbiаtdа suvning аylаnish jаrаyonidir, shuning uchun gidrаvlik enеrgiya qаytаlаnuvchаndir, yoqilg’i hisоbigа ishlаydigаn elеktrоstаnsiyalаr esа tаbiiy muhitgа ekоlоgik tа`sir ko’rsаtib, qаytаlаnmаydigаn ko’mir, gаz vа bоshqа nеft mаhsulоtlаrini istе`mоl qilаdi O'zbekiston energetik manbalarining samarali turlari bo'lgan gidroenergiyaga, neftegaz yonilg’isiga va toshko'mirga boy mamlakat hisoblanadi. Respublikamizda hozirgi kunda elektroenergiya ishlab chiqarishda asosiy manba bo'lib yonilg’i mahsulotlari hisoblanadi. Har yili mamlakatimizda 60 mlrd. m3 ga yaqin gaz ishlab chiqariladi. Gaz va boshqa yonilg’i mahsulotlari 30-40 yil ichida ishlatilib bo'lishi mumkin. Respublikamizda bir yilda tahminan 48 ming GVt. soat elektroenergiya ishlab chiqarilsa, bunda gaz va mazutdagi elektrostansiyalar ulushi 84% ni, toshko'mirdagi stansiyalar ulushi 3,5% ni va gidroelektrostansiyalar ulushi 12,5% ni tashkil qiladi. Download 445.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling