Sohalarining


Hozirgi kunda O’zbekistondagi GES larning rivojlanish istiqbollari


Download 445.94 Kb.
bet2/10
Sana26.02.2023
Hajmi445.94 Kb.
#1231861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI GES

Hozirgi kunda O’zbekistondagi GES larning rivojlanish istiqbollari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son FARMONIO‘zbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada respublikamizda o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan gidroenergetika resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini aytishning o‘zi kifoya. Shu bilan birga, hozirgi kunda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining aigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi o‘zlashtirilgan, xolos.
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai bo‘lgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va kommunal korxonalari, qishloq xo‘jaligi va hududlarda aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan ehtiyojini kafolatli qoplashni, mamlakatimizdagi organik yoqilg‘i zaxiralaridan oqilona foydalanish va ularni tejashni, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishi kamaytirilishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni o‘z ichiga oladi, ulardan 25 tasi 40 — 80 yil muqaddam ishga tushirilgan va o‘zining texnik resurslarini deyarli o‘tab bo‘lgan, asbob-uskunalar va inshootlar modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi PQ-2947-sonli qarori respublikamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, elektr energiya ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi gidroenergetik resurslar ulushini oshirish, yangi ekologik toza ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash maqsadida qabul qilindi.
Aytish joizki, gidroelektrostansiyalarning umumiy sonidan yiliga o‘rtacha 5,2 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 28 tasi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiradi, yiliga o‘rtacha 1,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 8 ta gidroelektrostansiya esa Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “O‘zsuvenergo” birlashmasi tasarrufidadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizning suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, gidroenergetikani rivojlantirishga izchil ravishda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida ilgari “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasiga qarashli bo‘lgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya
va resurs sig’imini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydadanishni kengaytirish koʻzda tutilgan. Bu masalalarni hal etish bilan bog’liq boʻlgan dolzarb muammolardan biri ularni yechishning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.


Download 445.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling