Sohalarining


Download 445.94 Kb.
bet5/10
Sana26.02.2023
Hajmi445.94 Kb.
#1231861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI GES

Kurakchalar darzlari
Radial-o'qiy va burilma kurakchali gidroturbinalar g'ildiraklari
kurakchalaridagi darzlar uzilishlar. materialning yomon sifatliligi,
ta’mirlash ishlarining noto'g'ri texnologiyasi. metalning to liqishi va
halokatlar vaqtidagi mexanik buzilishlari hisobiga paydo bo'lishi
mumkin.
Agar defektoskoplar yoki yoritib ko'rish yordamida darzlar
aniqlansa, avvalambor, po'Iat g'ildiraklarning boshqa kuraklarida yoki
shu kurakning boshqa joylarida ko'rinmavdigan darzlar b o rmi -y o 'qmi
tekshirib ko'riladi va ularning hosil bo' I ish sabablarini aniqlashga
urinib ko'riladi. Nuqson sababini aniqlash juda muhim omil
liisoblanadi. Bu holda nuqson texnik ravishda to'g'ri bartaraf etish va
uning paydo bo'lishini oldini olish mumkin. Kurakchalardagi va
ishchi g'ildirak vtulkasidagi darzlarini payvandlab to'ldirish
yordamida bartaraf etiladi. Bulling uchun ularni kesib olinadi yoki
toza metall holatigacha eritiladi, uchlari bo'yicha kattalashishini oldini
olish uchun esa parmalanadi. Agar ikki tomonlama ochiq darzlar
bo'lsa, payvandlab to' Idirish faskasini ikki tarafdan ajratiladi.
Uglerodli po'latdan kuraklarini elektr payvandlash yordamida
ta’mirlash katta qiyinchiliklar tug'dirmaydi. Zanglamaydigan po'latdan
kuraklarini payvandlab to'ldirish maxsus texnologiya asosida
amalga oshiriladi va faqat malakali payvandchiga ishonib topshirish
mumkin. Payvandlab to'ldirishdan so'ng choklarini tozalanadi va tekis
vuza olinguncha jiIvirlanadi, bunda albatta kurakning oldingi shakli
saqlanib qolinadi. Cho'van g'ildiraklardagi ikki tomonlama teshiklarni
odatda ta ’mirlanmaydi, g'ildiraklarni yangisi bilan almashtiriladi.
Labirintli zichlamalarni yeyilishi
Radial-o'qiy g'ildiraklarning labirintli zichlamalari asosan
chizilishlardan yeyiladi. Zichlamalar tirqishlari kattalashganda ularni
yangisiga almashtiriladi. Zichlama turbina statorida mahkamlangan
qo'zg'almas va ishchi g'ildiraklarda mahkamlangan va u bilan birga
aylanadigan qo‘zg‘aluvchan halqalardan iborat.
Ta’mirlash vaqtida odatda zichlamalarning qo‘zg‘aluvchan va
qo'zg'almas halqalarini birdaniga emas navbatma-navbat almashtiriladi:
bittasida qo'zg'aluvchisi, keyingisida-qo'zg'almasi. Bu metalni
tejash maqsadida amalga oshiriladi. Almashtiriladigan halqada tashqi
o'lchash bo'yicha qo'yim mavjud bo'lib, u qoldirilayotgan halqa
ishlab chiqarilishini kompensatsiyalaydi va zichlamada loyihaviy
tirqishlar o'rnatish imkonini beradi.

Download 445.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling