Sohaviy xizmat yozishmalari


Download 1.36 Mb.
bet1/10
Sana06.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1169092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sohaviy xizmat yozishmalari


Reja:

  1. Sohaviy xizmat yozishmalari

  2. OAV, Internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda davlat tiliga bag'ishlangan maqola va materiallar

  3. Tilni rivojlantirish va jamiyatni rivojlantirish

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtiroki va undagi nutqi .


Sohaviy xizmat yozishmalari
O'zbek tiliga hukumat darajasida qaratilayotgan e'tiborning o'zi til jonkuyarlari uchun katta dalda, zo'r madad ekanligi xususida, shuningdek, mana shunday nurli va fayziyob kunlarni sog'inib, orzu qilib o'tishgan buyuk ma'rifatparvar ajdodlarimiz haqqi hurmati bu boradagi ishlarimizni yanada kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarining barcha turidan keng foydalangan holda targ'ibot-tashviqot faoliyatini jonli tarzda olib borish talab qilinadi. Shu ma'noda, maslahatchi tomonidan "Yangi O'zbekiston" gazetasining 8 aprel va 21 aprel sonlarida "Ajdod tili, avlod tili — Davlat tili" hamda "Tiniq maqsad, tiniq tilaklar" nomli mulohazali maqolalari chop etildi. Shuningdek, "Aytib qo'yay, men O'zbekcha kurashaman!" nomli maqolasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sayti hamda Departamentning Internet sahifalarida e'lon qilindi.
Hozirda aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi mavjud tizimlarda davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishi masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Xususan, xalqaro ahamiyatga ega bo'lmaganlaridan tashqari barcha xat-hujjatlar to'laqonli tarzda o'zbek tilida yozilishi belgilab qo'yildi. Aniqrog'i, Rossiya Federasiyasi, Afg'oniston, Tojikiston, Qozog'iston va Turkmaniston davlatlari bilan bog'liq shartnomaviy munosabatlarning rus tilida olib borilishiga shartli holda ruxsat berilgan.
Jamiyat Birlashgan Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi, Axborot xizmati rahbari hamda "Yoshlar Ittifoqi" sardori bilan hamfikrlikda davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash bo'yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida tashabbuskorlik namoyish qilinmoqda. Ishchi-xodimlarga davlat tilini chuqur o'rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ'ib qilishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati joylashgan binodagi mavjud barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e'lonlar, reklama va ko'rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lishi to'liq ta'minlangan.
"O'zbekiston MET" AJga Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda nashr qilingan jami 20 dona "Davlat tilida ish yuritish" amaliy qo'llanmasi olinib, barcha boshqarmalar, hududiy va tizim tashkilotlariga yetkazildi.
2020-yil mobaynida Jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va "Yo'l xaritalari"ning ijrosi bevosita mazkur vazifalarga mas'ullar bilan o'rganilib, o'rnatilgan tartibda ijrosi ta'minlanmoqda. Xususan, xat-hujjatlar tayyorlanayotganda nimalarga e'tibor qaratilishi kerakligi, hujjat matnida aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik, mazmuniy to'liqlik kabi talablarga javob berishi kerakligi, bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit berishi, uning samaradorligini keskin pasaytirishi mumkinligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hujjat matnida shevaga xos so'zlar, tarixiy so'zlar, arxaik – eskirib, iste'moldan chiqib ketgan so'zlar, jargonlar, ya'ni tor doiralarda ishlatiladigan "Ko'cha muhiti"ga xos so'zlar bo'lmasligi kerakligi, hujjat matni adabiy til qonun-qoidalari asosida tayyorlanishi shartligi mas'ullarga uqtirilmoqda. Odatda, Jamiyat faoliyatiga oid ko'pgina hisobotlar aksar hollarda rus tilida tayyorlayotganligi aniqlanib, endilikda bu hisobotlar faqat o'zbek tilida tayyorlanishiga erishildi. Shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan rusiyzabon xodimlarga davlat tilini o'rganishlari va o'zbek tilida ish olib borish shartlari tushuntirilmoqda.





Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling