Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
Qurbonnazar Abdullayev
(1899–1994) Qurbonnazar Abdullayev 1899-yili Xivaning Gurlanbog‘ qishlog‘ida Abdulla Qozi oilasida tavallud topgan. Otasining tarbiyasi bilan juda erta qo‘liga soz olib, doston kuylashni boshlaydi. «To‘qqiz yoshidan boshlab Maxtumquli so‘zlari bilan qo‘shiqlar va doston parchalarini ijro etib yuradi» 1 – deb yozadi musiqashunos olim Botir Matyoqubov. Uning bolalarcha o‘ynoqiligidan unga yoshligidan «Bola baxshi» nomi berilgan. Bola baxshi Xorazmda mashhur bo‘lgan Jumanazar baxshi, Yodgor bulamonchi, Rahima Xalfa kabi bir qator ustozlaridan doston ijrochiligini o‘rgangan. Faoliyati davomida elga dovrug‘ 1 B. Matyoqubov. Doston navolari. – T., 2009. 31-b. 67 yoygan hamda davriga munosib shogirdlar tarbiyalagan. Uning ijro repertuarida yigirmadan ortiq dostonlar o‘rin olgan. «Go‘ro‘g‘li», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Xirmondali», «Avazxon», «Oshiq Mahmud», «Bozirgon» dostonlari shular jumlasidandir. Bola baxshi 94 yoshgacha doston ijrochiligida faoliyat olib borib, bu san’atning sirlarini shogirdlariga meros qoldirgan. Hozirda bu an’anani uning shogirdlari hamda o‘g‘illari Norbek, Matyoqub, Matnazar va Yetmishvoylar davom ettirmoqdalar. Xorazm zamonaviy bastakorlik ijodiga dostonlarning shakl- lanishida Bola baxshining o‘rni beqiyosdir. Avvalo, o‘zining yaratgan qo‘shiqlari, qolaversa, shogirdi Komiljon Otaniyozov ijodida doston yo‘llariga xos asarlarning el orasida ommalashganligi bunga yorqin dalildir. Xorazm bastakorlik ijodiyoti qadimiyligining yana bir isboti maqom san’atidir. Azaldan Xorazm musiqa merosidagi maqomlar ijodiyoti o‘tmish bastakorlarining amaliyotida qaror topganligi sir emas. Xorazm vohasida Xorazm maqomlari, dutor maqomlari hamda suvoralar kabi maqom yo‘llari mumtoz musiqa namunalari sifatida shakllanib, rivojlanib kelgan. Musiqa bilimdonlarining bu boradagi ijodiyoti yozma manbalarda o‘z ifodasini topgan. Eng muhimi, ijodiyotning ushbu tarmog‘iga katta e’tibor bilan qaralgan. «Masalan, Muhammad Rahimxon Soniy (1864–1910) o‘z saroyiga adabiyot va san’at arboblarini to‘playdi. O‘zi Feruz taxallusi bilan she’rlar yozadi. Xorazm maqomlarining cholg‘u va aytim qismlariga ko‘pgina musiqalar bastalaganligi borasida Xorazm tarixchasida ma’lumotlar keltirilgan» 1 . Xususan, «Muhammad Rahimxon Soniyning «Shashmaqom»ga bog‘lagan nag‘malari ushbulardur: 1. Rost maqomina: «Muhammasi jadidi Feruz», «Musaddasi jadidi Feruz» (cholg‘u qismi). 2. Navo maqomina: «Saqili Feruz shohi», «Chor usuli Feruz». 3. Dugoh maqomina: «To‘rtinchi Peshravi Feruz», 1 Xorazm maqomlari (uch tomlik. To‘plovchi M. Yusupov). 1-tom. – T., 1980. 5-b. 68 «Saqili Feruz shohi». 4. Segoh maqomina: «Saqili Feruz shohi», «Se usuli Feruz shohi», «Chor usuli Feruz». 6. Iroq maqomina: «Birinchi muhammasi Feruz shohi», «Ikkinchi muhammasi Feruz shohi». 7. Panjgoh maqomina: «Saqili Feruz shohi» bo‘lib, jami o‘n uch nag‘ma bog‘lagandur» 1 . XIX asr oxiri va XX asr boshlari Xorazm bastakorlik maktabining yirik namoyandalari sifatida Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Safo Mug‘anniy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov kabi san’at namoyandalarini keltirish joizdir. Avvalo, ularning ijodi asosan maqom va maqom yo‘llariga xos hamda suvoralar ijodiyoti bilan bog‘liq. XX asr ikkinchi yarmi va XXI asrda Xorazm xalq bastakorlik san’atida o‘ziga xos rivojlanish sezilmoqda. An’anaviy musiqada o‘zlashtirish jarayoni kechayotgan bo‘lsa, xalq bastakorligida zamonaviy milliy estradaga e’tibor sezilmoqda. Xonanda bastakorlar ijodi o‘ziga xos ravnaq topayotganligini kuzatish mumkin. Jum- ladan, Otajon Xudoyshukurovning bastakorlik ijodida 300 ga yaqin musiqiy namunalar yaratilgan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling