Soibjon begmatov bastakorlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
bastakorlar ijodi
S. Xudoyberganov. So‘z va soz sohibi. – T., 2007. Ushbu risola
Komiljon Otaniyozovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, yaratgan qo‘shiqlarining aksariyati nota namunalarida berilgan. 74 ijrochilik an’analari hamda merosini o‘zlashtirishida rahnamolik qiladi. Ustozidan tez orada «Navo», «Segoh», «Rost», «Dugoh» kabi Xorazm maqomlarining nazariy, amaliy va ijroviy jihatlarini mohirlik bilan o‘zlashtirib oladi. Ustozlar Hojixon Boltayev va Madrahim Sheroziylar bilan birgalikdagi ijrochilik faoliyatlari davomida maqomlarni yanada yuksak darajada ijro etish yo‘llarini o‘zlashtiradi. Ayniqsa, Xorazm maqomlaridagi «Dugoh» maqomini o‘ziga xos ohanglarda ijro etib ustozlar nazariga tushadi. Komiljon Otaniyozov o‘z ijrochilik faoliyatida yurtimizning boshqa vohalariga mansub ijrochilik an’analariga ham sadoqatli munosabatda bo‘lgan san’atkordir. U Farg‘ona-Toshkent ijrochilik maktablarida dong taratgan ustoz san’atkorlar bilan yaqindan munosabatda bo‘lganligini e’tirof etish lozimdir. Ayniqsa, Mulla To‘ychi Hofiz, Yunus Rajabiy, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov va Akbar qori Haydarov kabi ustoz hofizlarning ijodiga bo‘lgan munosabati va ulardan olgan ijodiy saboqlari Komiljon Otaniyozovga o‘z ta’sirini namoyon etadi. Ustozning ijrochilik uslubi Farg‘ona – Toshkent musiqa an’analariga xos xususiyatlar bilan boyidi. Komiljon Otaniyozov musiqa ijodkorligi sohasida 100 dan ortiq kuy va qo‘shiqlar yaratdi. Turli mavzularga bag‘ishlangan uning bastakorlik mahsuli juda keng va rang-barangdir. U o‘zining faoliyatida mumtoz shoirlar ijodiga bo‘lgan munosabati beqiyos edi. Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Navoiy, Ogahiy, Mashrab, Fuzuliy she’r va g‘azallari, Maxtumquli, Kamina va Mullanafasning hikmatlariga bastalagan qo‘shiqlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning zaminida she’riyatga bo‘lgan iste’dodini namoyon etadi va albatta, e’tiborga loyiqlik tomonlari ham mavjud. Komiljon Otaniyozov avvaliga «Komiy», keyinchalik «Komil» taxallusida bir qator she’rlar bitadi. 75 Komiljon Otaniyozovning ijrochilikdagi mohirligi, so‘z tanlashdagi zukkoligi, ijro repertuarining rang-barangligi, xalq qo‘shiq va dostonlarga munosabatlari hamda ulardan yangi asarlar yaratish qobiliyatining o‘tkirligi, doston ijrochiligida novatorligi, maqomlar ijrosida o‘zining bilimdonligini namoyish etishi va xalqqa yaqin holda talqin etishi, xalqimizga ko‘pdan ko‘p qo‘shiq va ashulalarni yaratib meros qilib qoldirgani, o‘zbek musiqa ijrochiligida o‘zining go‘zal uslubini yaratib qoldirgani, barcha-barchasi Komiljon Otaniyozovning ijodi yoshlar uchun ibrat deyishga asos bo‘ladi. K. Otaniyozovning qator asarlari xalq ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan. Barcha voha xonandalarining repertuaridan joy olishi bilan birga, yoshlarning qiziqib o‘rganadigan asarlari qatori- dan o‘rin olgan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling