Soibjon begmatov bastakorlar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana15.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1776157
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Amaliy mashg‘ulot: Y. Rajabiyning bastakorlik, ijrochilik, 
tashkilotchilik, folklor-etnografik va jamoatchilik ishlari xususidagi 
ma’lumotlar bilan tanishish. Ustozlaridan olgan saboq jarayonini 
o‘zlashtirish. Mulla To‘ychi Toshmuhamedov bilan ustoz-shogirdlik 
va hamkorlikdagi faoliyati. O‘zbek musiqasi rivojida Y. Rajabiyning 
hissasi va o‘rni. Maqomchilar ansamblidagi faoliyati va uning 


56
qoldirgan merosi. Bastakorlik faoliyati, yaratgan ashulalari, cholg‘u 
kuylarini o‘zlashtirish va namunalardan tinglash. Sahnaviy asarlari, 
spektakllarini tinglab tomosha qilish. O‘zbek xalq musiqa merosini 
to‘plashi, nota yozuvlar nashrlari faoliyati «O‘zbek xalq musiqasi» 
va yaratgan («Musiqa merosimizga bir nazar») kitoblari. Y. Rajabiy 
nomidagi tanlovlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish. 
Muxtorjon Murtazoyev
(1909–1994)
Muxtorjon Murtazoyev
1
1909-yil 5-mayda 
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yaqin 
bo‘lgan Nursux qishlog‘ida, ziyolilar oilasida 
tug‘ilgan. Yosh Muxtorjon ota-onasidan 
yosh judo bo‘ladi. Tog‘asi Matmusa aka 
tarbiyasida voyaga yetadi. Tog‘asi Nursuxning 
mashhur ashulachilaridan biri bo‘lib, o‘z 
jiyani Muxtorjonga xalq yo‘llariga mansub 
bo‘lgan qo‘shiq va ashulalarni o‘rgatadi. So‘ngra, davrining taniqli 
san’atkori Mahram Shodiyev yosh Muxtorjonni o‘z ta’limiga 
olib, 1924-yili Yaypan qishlog‘idagi bolalar internatiga o‘qishga 
joylaydi. Sozandalik san’atini mashhur san’atkorlar Muydinxon aka 
Najmiddinov, Ahmadjon Umrzoqov, Qodirjon Hamdamovlardan 
o‘rganadi.
1930-yildan boshlab, viloyat temiryo‘lchilar klubida tashkil 
etilgan san’atkorlar guruhida musiqa rahbari lavozimida ish 
faoliyatini boshlaydi. 1936-yildan Qo‘qon musiqali drama teatrida 
jo‘rnavoz bo‘lib ishlaydi. Ijodiy jamoada ishlash jarayonida u 
o‘zining bastakorlik faoliyatini ham boshlaydi. «Kanalimga keling» 
(Chustiy), «E, go‘zal, obod elim» (Charxiy) kabi ilk qo‘shiqlarini 
yaratadi.
1
S. Begmatov, A. Zokirov. Muxtorjon Murtazoyev. – T., 2008.


57
1942-yili Toshkent viloyati (Muqimiy nomidagi) Yangiyo‘l 
musiqali drama teatriga ishga qabul qilinadi. Teatr jamoasiga 
zamonaning eng yetuk ustozlari jalb qilingan edi. Ular qatorida xalq 
hofizlari Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Saidjon Kalonov, 
Yunus Rajabiy, Usta Ro‘zimat Isaboyev, Komiljon Jabborov, 
G‘anijon Toshmatov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, shoirlardan Habibiy 
domla, Sobir Abdulla, Chustiy, bosh dirijor Fazliddin Shamsiddinov, 
Yetim Bobojonov, musiqa rahbari taniqli bastakor, ustoz To‘xtasin 
Jalilov edi. 
Muxtorjon Murtazoyev ustozlari bilan hamkorlik jarayonida
o‘zbek musiqiy merosini, ilmini o‘rganadi. Umri davomida musiqa 
hamda teatr jamoalari bilan birga faoliyat olib boradi. Atoqli 
kompozitorlardan musiqa nazariy jihatlarini o‘rganadi, jumladan, 
atoqli rus kompozitorlari M.Gnesin, B.Arapovlardan bastakorlik 
ilmini qunt bilan o‘zlashtiradi. Davrining dongdor san’atkorlari 
Jalolxon Oxunov, Tavakkal Qodirov, Yorqinoy Hotamova kabilar 
bila birga faoliyat olib boradi. Teatrda qo‘yilgan spektakllarga 
musiqa tanlash va bastalash bilan birga zamon xonandalari uchun 
bir qator ashulalar yaratadi. 
Muxtorjon Murtazoyev ijrochilik san’atini mukammal egallagan 
va o‘ziga xos ustozlik, bastakorlik tomonlari bilan boyitgan san’at 
arbobidir. 20-yillarning oxiridan boshlab Muxtorjon Murtazoyev 
mumtoz ijrochilik an’analarini o‘z davrining usta san’atkorlaridan 
o‘rganadi. Avvaliga hofizlar Akbar Haydarov, Turg‘un Karimovlar 
bilan hamkorlik qiladi. Keyinchalik Madumar hofizdan xonandalik 
sirlarini, Umarjon hofizdan skripkada chalishni o‘zlashtiradi. 
U avvaliga o‘z shogirdlari bilan birga musiqali spektakllarni 
sahnalashtirib, xalq merosidan foydalanib, kuy va ashulalar bilan 
bezab keldi. «Ichkarida», «Arshin mol-olon» musiqali dramalari 
shular qatoridandir. 
Bu sohada Muxtorjon Murtazoyevning ilk ishi atoqli san’atkor 
Ahmadjon Umrzoqov yordamida yozgan asari, Abdulla Qodiriyning 


58
«Hamma dalaga» va «Uchinchi ko‘klam» inssenirovkalariga musiqa 
yaratish bo‘ldi. Shundan so‘ng u «Xolisxon» spektaklining birinchi 
variantiga musiqa yozadi. Spektakldagi «Ko‘z yetmas baland 
tog‘lar», «Sabo» ariyalari bastakorning muvaffaqiyatlaridan biri edi.
Muxtorjon Murtazoyev ko‘proq mumtoz shoirlar ijodiga 
murojaat etib, «Barnolig‘ingizdan», «Vafodorlar», «Malohat», 
«Sunbullaringdan», «O‘rgilay», Navoiy g‘azaliga «O‘n sakkiz 
yoshingdadur» muhammasi, Muqimiy g‘azaliga «Yor bo‘lsin» 
muhammasi, «Shaxlolaringmu» kabi bir qator asl asarlar
yaratadi. 
Bastakor o‘zining amaliyotida katta ashula ijrochiligiga alohida 
e’tibor bergan va o‘zlashtirgan hamda ustozlar bilan ijro etgan. 
Bu uning bastakorlik faoliyatida asosiy omil vazifasi sifatida 
muhrlanadi va ijodkor yaratgan ashulalarning deyarli barchasi katta 
ashulaga xos xususiyatlar bilan sug‘orilganligini ko‘rish mumkin. 
Buni, ayniqsa, bastakorning mumtoz musiqa yo‘lida yaratgan 
asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, bastakorning Haziniy 
so‘ziga «Farg‘ona tong otguncha», Kamtar so‘ziga «Tamanno», 
Miskin so‘ziga «Bizni tashlab», Hamza so‘ziga bitgan «Bir ishva 
bilan» kabi ashulalarini keltirish mumkin. Bu asarlar o‘zbek musiqa 
merosidan alohida o‘rin egallagan. Asarlarning mumtozligi, o‘ziga 
xosligi, so‘z va ohangning mutanosibligi, o‘lchov-ritmik jihatdan 
bir-biriga uyg‘un ekanligi bilan usullar jozibasi mavjudligi, ijrochi 
imkoniyatlarini ochib berishiga imkon yaratadigan xususiyatlar bilan 
sug‘orilganligi va sirli ijro asosi mavjudligi, ularning Muxtorjon 
Murtazoyev ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu bastakorlik uslubiga 
xos xususiyatlardir va ularning barchasini katta ashulaning usullar 
tobeligidagi jozibali ko‘rinishi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Shuning 
uchun bastakor ijodiyotining originalligini e’tirof etish va zamonaviy 
musiqa ijodiyotida o‘ziga xos ta’sir manbayi mavjudligini ham qayd 
etish lozim bo‘ladi. 


59
Bu jihatlar uning barcha ashulalarida mavjud. Jumladan, «Farg‘ona 
tong otguncha» ashulasi bastakorning shoh asarlaridan biridir. Asar 
mumtoz shoir Haziniyning «Tong otguncha» radifli g‘azali asosida 
yaratilgan.
Asar musiqa shakllarining ashula janriga xosligi bilan 
ajralib turadi va tabiatan katta ashula shakli va xususiyatiga mosdir. 
Shu bois uning umumiy ko‘rinishdagi shakli ham katta ashulaga 
xos nokvadrat tuzilishga ega ekanligi bilan yaqqol namoyon bo‘ladi. 
8-misol:
Asar katta ashula uslubida yozilganligi sabab undagi erkinlik 
o‘lchov-ritmga asoslanishini e’tirof etish lozimdir. Erkinlikka, 
odatda, usulga tayangan holda qo‘shimcha taktlar hisobiga erishiladi. 
Ashula asarning asosiy mazmunini beruvchi cholg‘u daromad bilan 
boshlanadi.


60
Ko‘rinib turibdiki, cholg‘u muqaddima boshlang‘ich xatni 
ham mazmunan, ham shaklan tayyorlab beradi va asarning asosiy 
g‘oyasini, lad tizimini, tovush qatori va asosiy turg‘un pardalarini 
tasdiqlab, ifodalab beradi.
Avvaliga asar turli usullarda ijro etilgan. Ular orasida 
ommabop shakli quyidagichadir: 9-misol. Tong otguncha asarining 
ommalashgan usuli:
Asarning ahamiyatli tomoni avj tizimidadir. 
Avj asarning eng 
yuqori pardalarida ijro etiladi. Uning ustiga katta ashulaga xos 
bir nafasda talqin etilishi bilan ham ajralib turadi. Bastakorning 
uslubiga xoslik tomoni, yuqori avjdan so‘ng kichik avjning badihali 
ko‘rinishi orqali reprizaga o‘tishida namoyon bo‘ladi. 
Xuddi shunday holatni «Bizni tashlab» ashulasi namunasida ham 
ko‘rish mumkin. 10-misol:
«Tamanno» ashulasida bastakorning betakror uslubi o‘zini na-
moyon etgan. Bu asarga bastakor o‘zgacha yondashsa-da, asosiy 
g‘oyani, shaklni va mazmun rivojini oldingi asarlariga xos tarkib-


61
lashtirganining guvohi bo‘lamiz. Asar dastlab Kamtar Otaboyev 
muhammasiga bastalangan. Keyinchalik amaliyotda Haydar
Yahyoyev so‘zi bilan ijro etish rasm bo‘ldi. 
Asar 4/4 takt o‘lchovi asosida yozilgan. Usuli quyidagicha:
Tonalligi fis-moll frigiy ladiga mosdir. Asar zamonaviy ashula 
shakliga xos bo‘lgan 8 taktli cholg‘u muqaddima bilan boshlanadi. 
Cholg‘u muqaddima asarning asosiy ohang g‘oyasidan tuzgan. 
11-misol:
Bastakorning ijodidagi eng fundamental asar «Tong otguncha» 
katta ashula tamoyillari asosida yaratilgan. Shu bilan birga «Tong 
otguncha»dagi kuy-ohang majmuyi, o‘lchov-ritmik asosi, lad tarkibiy 
jihatlari uning keyingi yaratgan asarlariga bosh mezon bo‘lib xizmat 
qilgan. 
Muxtorjon Murtazoyevning bastakorlik ijodi faoliyati davomida 
amaliyot bilan bevosita bog‘liq holda qaror topgan. Davr talabi 


62
doirasida va musiqiy meros an’analari hamda vohaviy xususiyatlar 
negizida rang-barang janrlar hisobiga rivojlangan. Bu, avvalo,
XX asrda o‘zbek musiqa an’analariga kirib kelgan musiqali drama 
janriga xos qo‘shiq va ashulalar namunasidir. Ikkinchidan, vohaga 
xos katta ashulaning janrlik jihatlaridan oqilona foydalanish hisobiga 
ishlangan original ashulalardir. Tarkibiy, shakliy, mavzuiy va uning 
rivoj tizimining maqom yo‘llariga xos holda ijod etilishi bastakor 
ijodiy mahsulining musiqa merosidagi o‘rnini belgilab berdi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling