maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi); - maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi);
- maxsus testlarni ikkinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy holatidagi (tayyorgarlik sinovi davriga nisbatan) o‘zgarish aniqlanib, natija belgilanadi.
9. Maxsus testlarning maqsadi aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo‘lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat. - 9. Maxsus testlarning maqsadi aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo‘lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat.
-
-
- 10. Maxsus testlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
- a) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar safini kengaytirish;
- b) aholining jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish;
- v) aholining jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga erishish;
- g) aholining alohida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
- d) yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
- e) o‘quvchi yoshlarni, ayniqsa qizlarning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga hissa qo‘shish;
- j) o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komilikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga havasini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |