Soliq huquqi
Soliq nazoratining shakllari
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
Soliq nazoratining shakllari
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: soliq to‘lovchilarni hisobga olish; soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish; budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish; kameral nazorat; naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji; soliq tekshiruvlari; fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash; aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish; davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish; boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish Bojxona organlari tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq nazoratini o‘z vakolatlari doirasida Soliq kodeksiga va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Soliq nazorati amalga oshirilayotganda Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq to‘lovchi to‘g‘risida axborot to‘plash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq to‘lovchini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi. Masalan, Soliq kodeksiga asosan soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish soliq to‘lovchi ishtirokida amalga oshiriladi, hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo‘yish xolislar hamda soliq to‘lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo‘yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi. Lekin soliq inspektori ushbu qoidani buzgan holda soliq to‘lovchi va xolislar ishtirokisiz olib qo‘yilgan hujjatlar soliq to‘lovchini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling