Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari
Soliq stavkasi. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi: 1) dividendlar va foizlarga — 10 foiz; 2) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga — 10 foiz; 3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz; 4) Soliq kodeksning 155-moddasida belgilangan daromadlar, jumladan, royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv xizmati, maslahatlar va boshqa daromadlar— 20 foiz. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari (2016-yil uchun)
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aksiyalardan va boshqa xo‘jaliklar subyektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi. Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling