Soliq huquqi


Download 409.63 Kb.
bet89/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Nazorat uchun savollar
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hamda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’i belgilangan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling.
2. Tadbirkorlik subyektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling.
Adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014.
2.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi // “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2019.
3.O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi // O‘R QHT, 2013-y. 52-I-son.
4.O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y.
5.Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. // Mas’ul muharrir: prof.v. b. X.S.Islamxodjayev– Toshkent: TDYU, 2017. – 196-226b.


Mavzu uchun kazuslar.
1. Fuqaro A. Ismailov 2013-yil yanvar oyidan boshlab “Yakkatut” mahalla guzarida tandirda somsa yopib uni sotish bilan shug‘ullanar edi. O‘zining ushbu faoliyatidan kuniga o‘rtacha 70 000 so‘m pul topar edi. Shu vaqtga qadar uning bu faoliyati bilan davlat organlari ham qiziqmagan edi. Ammo 2013-yil sentabr oyida tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari unga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi va shundagina ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin ekanini ta’kidlashdi. Agar 30 kunlik muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tmaydigan bo‘lsa, unga 1 yillik qat’i belgilangan soliq summasida jarima qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirishdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Fuqaro A. Rahimov o‘z uyida yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirdi. U o‘zining hovlisining bir qismida temirchilik ustaxonasi ochib turli xil ro‘zg‘or anjomlari va qishloq xo‘jaligi qurollarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bundan tashqari u o‘zining qo‘shni ko‘chada joylashgan va hozirda foydalanilmayotgan yana bir uyini “Rohat” MCHJga ijaraga berdi va ushbu uydan ijarachi oziq-ovqat do‘koni sifatida foydalanmoqda.
Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering. Bu holatda soliq solish masalasi qanday hal qilinadi?



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling