Soliq huquqi
Soliq davri – kalendar yilidir. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Qat’i belgilangan soliq Soliq to‘lovchilar
Soliq davri – kalendar yilidir.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Yagona yer solig‘i summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1-mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda yagona yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi (kamaytiriladi). Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1-sentabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1-dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 8.4. Qat’i belgilangan soliq Soliq to‘lovchilar – faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; yakka tartibdagi tadbirkorlar. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’i belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi. Qat’i belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar faoliyatning qat’i belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas. Qat’i belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart. Asosiy faoliyat turi bo‘yicha qat’i belgilangan soliqni to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki Yagona soliq to‘lovi joriy etiladi. Faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda qat’i belgilangan soliqni to‘laydi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling