Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchilar
8.3. Yagona yer solig‘i
Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yanada oqilona foydalanishga da’vat etadi, chunki har bir gektar yer maydoni uchun undan daromad olish yoki daromad olmaslik holatidan qat’i nazar, belgilangan miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‘lash borasidagi ishlarnini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashardi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har choragida to‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summasini hisoblab chiqishadi. Soliq to‘lovchilar – qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. Quyidagilar yagona yer solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi: o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling