Soliq huquqi
Faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar amalga oshiradigan birgalikdagi faoliyatga soliq solish
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dehqon xo‘jaliklariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar amalga oshiradigan birgalikdagi faoliyatga soliq solish. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyat faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs mazkur mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumdan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi, shuningdek agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot aksiz to‘lanadigan mahsulot bo‘lsa, aksiz solig‘i to‘laydi.
Yagona soliq to‘lovi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya qilinmasdan, birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlab olingan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda yagona soliq to‘lovi summasi birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Dehqon xo‘jaliklariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslar – soliq to‘lovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi: 1) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i; 2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 3) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; 4) bojxona to‘lovlari; 5) davlat boji; 6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaligi a’zolari soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash bilan bir qatorda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaligi a’zolari qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish, o‘zlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari hamda Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashlari shart. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling