Soliq huquqi


Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 409.63 Kb.
bet88/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari. Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladilar, quyidagilar bundan mustasno:

  • bojxona to‘lovlari;

  • yagona ijtimoiy to‘lov;

  • avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im;

  • to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar Soliq kodeksida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatganlik uchun olingan gonorarlar summalariga qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatganlik uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solinadigan baza advokat daromadidan advokat gonorarida hisobga olinadigan yagona ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Advokatlarning daromadlariga soliq solish soliq agentlari - advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi holatlardan ko‘rinib turibdiki soliq to‘lovchilarga soliq to‘lashlarida yengillik berish hamda ularni soliq to‘lashlarini soddalashtirish maqsadida soliq solishning soddalashtirilgan tizimi hamda ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari soliq qonunchiligida belgilab qo‘yilgan. Bu tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqaruvchilar, shuningdek ayrim toifa soliq to‘lovchilarga bir muncha qulaylik yaratadi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlaydi.

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling