Soliq huquqi
Jahon soliq modellarining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa modelida
- Fransiya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
10.2. Jahon soliq modellarining o‘ziga xos xususiyatlari
Amerika modelida: Federal, shtat, shahar (mahalliy) soliqlar mavjud. Federal soliqning asosiy xususiyati shundaki, federal budjet tarkibida to‘g‘ri soliqlarning ulushi katta. Aholidan olinadigan daromad solig‘i federal budjetning asosiy qismi hisoblanadi. Amerikada har bir jismoniy shaxs o‘zining soliq maqomiga ega: er-xotinning birgalikda yoki alohida soliq deklaratsiyasini to‘ldirishi oilaviy ahvolga qarab guruhlanadi va soliq to‘lovchiga ma’lum imtiyozlar beriladi. Daromadlarni hisoblash uch bosqichdan iborat, ya’ni: yalpi daromad (tushum); hisoblangan daromad; soliqqa tortiladigan daromad, yalpi daromaddan ayrim chegirmalar va ajratmalar chegiriladi. Yevropa modelida: Buyuk Britaniya soliq tizimi beshta yirik guruhga bo‘linish xususiyati bilan ajralib turadi: to‘g‘ri soliqlar; egri soliqlar; mahalliy soliqlar; ishbilarmonlikka soliq; boshqa soliqlar. Bularning ichida to‘g‘ri soliqlar yuqori salmoqqa ega. Bundan tashqari: Buyuk Britaniyada daromad solig‘i boshqa davlatlarnikidan farq qiladi, ularda jismoniy shaxslar daromad solig‘i shedullar asosida hisoblanadi; egri soliqlar ichida eng yuqorisi QQS, 2-o‘rinda aksiz solig‘i hisoblanadi; Buyuk Britaniya soliq tizimi markazlashgan va mahalliy soliqlardan iborat. Markazlashgan soliqlarga: daromad solig‘i, korporatsiyalar faoliyatidan olinadigan soliq, ish haqiga daromad solig‘i, QQS, aksiz, bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Mahalliy soliqlarga: mol-mulk solig‘i, biznesdan olinadigan soliq, qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromad solig‘i, ko‘chmas mulkdan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Fransiya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirda Fransiyada uchta yirik soliq guruhlari mavjud: daromadlarni olish vaqtida to‘lanadigan daromad solig‘i; daromad sarflanayotganda undiriladigan iste’mol solig‘i; kapital solig‘i. Fransiya soliq tizimida QQS eng asosiy soliq turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Aksiz solig‘ining ba’zilari Davlat budjetiga, ba’zilari esa mahalliy budjetga borib tushadi. Fransiyada ham soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar va chegirmalar mavjud. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarto‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi: qurilish qilingan yerlarga solinadigan soliq yoki yig‘im; qurilish qilinmaydigan yerlarga solinadigan soliq yoki yig‘im; turar joylarga soliq; kasb-hunarga soliq. Fransiyaning Davlat budjeti tarkibida egri soliqlarning salmog‘i katta. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling