Soliq huquqi
Germaniya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
Germaniya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
Germaniya soliq tizimi federal, yer va mahalliy soliqlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Germaniyada soliq turlari soni juda ko‘p bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Federal soliqlar: spirtli mahsulotlarga soliq, boj yig‘imlari, kapitalning harakatiga soliq, sug‘urta solig‘i, veksel solig‘i, iste’mol mahsulotlariga soliqlardan iborat. Qo‘shma soliq (federal va yer)lar: ish haqidan olinadigan daromad solig‘i, kapital daromadiga va korporatsiya solig‘i, QQS, hunarmandchilik soliqlaridan iborat. Yer soliqlari: mol-mulk solig‘i, yer maydonini sotib olishga soliq, transport vositalariga soliq, pivoga soliq, lotoreya o‘yinlariga soliq, yong‘in xavfsizligini ta’minlash solig‘i, bilyard o‘yinlaridan olinadigan daromad soliqlardan iborat. Munitsipal soliqlar: yer solig‘i, mahalliy iste’mol solig‘i, it egalaridan olinadigan soliq, kosibchilik soliqlaridan iborat. Ulardan daromad va kosibchilik soliqlari uchala budjetga ham borib tushadi. Germaniyada aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida soliqlarni sinflarga bo‘lgan, ya’ni soliq to‘lovchilarning turmush darajasi, oilaviy ahvoli, bolalar sonini hisobga olgan holda amal qiladi. Germaniyada cherkovlar, internatlar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar yer solig‘idan ozod qilingan. Germaniyada mahalliy soliqlarning stavkalari mahalliy boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi. Yaponiya soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. Yaponiyada soliqlar davlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Davlat soliqlarining ichida to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i yuqoridir. To‘g‘ri soliqlarga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, korporatsiya daromadiga soliq, merosga soliq va yer soliqlari kiradi. Davlat soliqlarining ichida egri soliqlar ham mavjud, ya’ni iste’mol solig‘i (QQS), spirtli ichimliklarga soliq, tamaki mahsulotlariga soliq, yoqilg‘i mahsulotlariga soliq, bojxona bojlari, avtomobil quvvatiga soliqlardir. Mahalliy soliqlar quyidagilardan iborat: prefekturalar (shaharlar) solig‘i; munitsipal (shahar tipidagi hududlar) soliqlar. Yaponiya soliq tizimini to‘rtta guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: daromaddan olinadigan soliq; mol-mulkdan olinadigan soliq; iste’mol solig‘i; maxsus mahsulotlarga belgilangan soliqlar; Yaponiyada aholi daromad solig‘ining hisoblanishiga ko‘ra o‘nta guruhga bo‘linadi: turli xil foizlardan olinadigan foyda; dividentlardan olinadigan foyda; asosiy fondlarning ijara haqi; biznes daromad; ish bilan band bo‘lganlarning daromadlari; nafaqa yoshdagilarining daromadlari; o‘rmon mahsulotlarini sotishdan olingan daromad; kapital tushumlar; favqulodda daromadlar; turli-tuman daromadlar. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling