Soliq huquqi
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu uchun kazuslar.
Nazorat uchun savollar
1. Soliq qonunchilik hujjatini buzganlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy va jinoiy javobgarlikning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling. 2. Soliq huquqbuzarligi uchun qo‘llaniladigan moliyaviy jazolarning qo‘llanilishini va o‘ziga xos jihatlarini izohlang. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2014. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi // “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2019. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi // O‘R QHT, 2013-y. 52-I-son. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y. Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. // Mas’ul muharrir: prof.v. b. X.S.Islamxodjayev– Toshkent: TDYU, 2017. – 227-243b. Mavzu uchun kazuslar. 1. “Otchopar dehqon bozori” MCHJ hududida 2013-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 407-sonli qarori talabini bajarish yuzasidan bir guruh Davlat soliq xizmati xodimlari tomondan o‘tkazilgan tadbir natijasida bozor hududida tegishli hujjatsiz, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro Sobirova S. dan savdo faoliyati uchun tegishli hujjatlar so‘ralganda hech qanday hujjat taqdim qila olmadi. Shundan so‘ng Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan sotuvda bo‘lgan 3 turdagi umumiy narxi 306000 so‘mlik jami 102 kg guruch mahsuloti tegishli tartibda hujjatlashtirib olib qo‘yildi. Fuqaro Sobirova S. qanday tartibda javobgarlikka tortiladi. 2. Jizzax shahar Ittifoq mahallasida yashovchi YATT Siddiqova Mahsudaga qarashli savdo do‘konida 2013-yil 25-avgust kuni Davlat soliq xizmati xodimlari tomondan xolislar ishtirokida qisqa muddatli tekshirish o‘tkazildi. Tekshirish natijasida do‘kon sotuvchisi Amirova Sh. xaridor Kamolov M.ga 14000 so‘mlik oziq ovqat mahsuloti uchun NKM xarid cheki va unga tenglashtirilgan patta kvitansiyasi bermaganligi holati aniqlangan. Xazinadagi jami 75000 so‘m naqd pul NKM xotirasiga kirim qilinmagan. Bundan tashqari do‘konda sotuvda bo‘lgan 5 turdagi jami 125500 so‘mlik tovarlarning sifat sertifikati va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi holati aniqlangan va DSX xodimlari tomondan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib olib qo‘yilgan. Vaziyatga huquqiy jihatdan baho bering. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling