Soliq huquqi


Germaniya soliq tizimining O‘zbekiston soliq tizimi bilan solishtirma tahlili


Download 409.63 Kb.
bet102/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Germaniya soliq tizimining O‘zbekiston soliq tizimi bilan solishtirma tahlili.
Germaniya mamlakatini O‘zbekiston soliq tizimi bilan solishtiradigan bo‘lsak, bir qancha o‘xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Ularni quyida ko‘rib chiqishimiz mumkin:
O‘zbekistonda soliqlar respublika va mahalliy soliqlarga bo‘linsa, Germaniyada federal yerlar (hudud) va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Germaniyada qo‘shma soliqlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir necha budjetga tushadigan soliqlar mavjud. O‘zbekistonda esa yo‘q, har bir soliq turi to‘lig‘icha bitta budjetga tushadi.
Germaniya soliq tizimi O‘zbekiston soliq tizimiga nisbatan ancha rivojlangandir va soliq turlari ham O‘zbekistondagidan bir muncha ko‘p. Germaniyada O‘zbekistonda bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan soliqlar: cherkov solig‘i, it solig‘i va boshqalar mavjuddir. Shu bilan birga O‘zbekistonda mavjud mol-mulk solig‘i Germaniyada yo‘q.
Germaniya soliq tizimi O‘zbekiston soliq tizimiga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Buni yer solig‘i, jismoniy shaxslar daromadiga soliq misolida ko‘rishimiz mumkin.
Germaniyada korporatsiyalar daromadiga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumlar bor. Korporatsiyalar daromadlarini soliqqa tortishda daromadlar ikkiga bo‘linadi; taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan.
O‘zbekistonda bu soliq yuridik shaxslar daromadiga soliq deb yuritiladi. Yuridik shaxslar faoliyatidan kelib chiqib kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq va qolgan yuridik shaxslar umumiy tartibda soliq to‘laydilar.
Germaniyada mol-mulk solig‘i o‘rniga jismoniy shaxslarga meros va sovg‘aga soliq joriy qilingan. U qarindoshlik darajasiga qarab 3%dan 70% stavkagacha qo‘llaniladi. O‘zbekistonda meros va sovg‘aga soliq bir martalik yig‘im sifatida joriy qilingan.
Germaniyada yer solig‘i ulardan foydalanish turi hamda u yerda yashovchi oilalar soniga qarab qo‘llaniladi. O‘zbekistonda esa yer solig‘i yuridik shaxslarga alohida va jismoniy shaxslarga alohida qo‘llaniladi. Soliq stavkasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili qayta belgilaydi. Germaniyada QQS solig‘ining pasaytirilgan stavkasi mavjud. O‘zbekistonda esa QQS yagona stavkada qo‘llaniladi.
Germaniya soliq tizimi bilan O‘zbekiston soliq tizimi o‘rtasidagi o‘xshashlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, har ikki davlatda ham bir qancha mohiyati jihatidan bir xil soliqlar mavjud. Masalan: QQS, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, aksiz solig‘i25.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling