Soliq huquqi


Germaniyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili


Download 409.63 Kb.
bet101/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

10.5. Germaniyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada soliqqa tortish tizimi federatsiyalar, yerlar va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Budjet xo‘jaligini mustaqil yuritish tamoyillari umumdavlat va yerlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda olib borildi. Natijada hozirgi kun Germaniya Respublikasi soliq tizimida qirqta soliq mavjud, jumladan: ish haqidan olgan daromad solig‘i; QQS; kosibchilik solig‘i; qat’i daromad solig‘i; korporatsiyalar solig‘i; tabiiy neftga soliq; tamaki mahsulotlarga soliq; cherkov solig‘i; yer solig‘i; avtotransport vositalariga soliq; bojxona boji; yer maydonini sotib olishdan olgan soliq; meros solig‘i; kofe; pivo; veksel; yong‘in xavfsizligini ta’minlash solig‘i; kuchuklar; shakar; choy; tuz; yoritg‘ich asboblarini muhofaza qilish solig‘i; ovchilik, baliq tutish solig‘i; litsenziya solig‘i.


Germaniyada soliqlar federatsiya, yer, qo‘shma (federal va yerlar bilan birgalikda), munitsipal, jamoa, cherkov soliqlariga bo‘linadi.
Federal soliqlar quyidagi soliqlardan iborat: spirt, spirt mahsulotlariga soliq; boj yig‘imlari; kapitalning xarajatiga soliq; sug‘urta solig‘i; veksel solig‘i; iste’mol mahsulotlariga soliq.
Jamoa, qo‘shma soliqlarga quyidagilar kiradi: ish haqiga soliq va o‘rnatiladigan daromad solig‘i; kapital daromadidan soliqlar va korporatsiyalar solig‘i; QQS; hunarmandchilik solig‘i.
Yer solig‘iga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i; yer maydonini sotib olishdan soliq; transport solig‘i; pivoga soliq; lotereya va ot o‘yinlariga soliq; yong‘in xavfsizligini ta’minlash solig‘i; bilyard, kozinolardan soliq.
Munitsipal soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi: yer solig‘i; mahalliy iste’mol soliqlari; it egalaridan soliq; kosibchilik.
Germaniya Respublikasida budjetning markazlashmaganligi markaziy budjet vositalari mablag‘larining qayta taqsimlanishi bilan emas, balki budjet daromadlarni manbalarining qonuniy biriktirilib qo‘yilishi bilan amalga oshiradi.
Har bir soliq bo‘yicha deyarli alohida me’yoriy hujjatlar mavjud. Germaniya Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘ri soliqlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Soliqqa tortish obyekti bo‘lib ish haqi, erkin kasb daromadlari, gonorarlar, kapital daromadlari, banklar jamg‘armalaridagi foizlar, ijara haqi, xususiy ish faoliyatidan olinadigan daromadlar va boshqalar kiradi. Germaniya Respublikasida oltita soliq informatsiyalari mavjud bo‘lib, ular ishchi va xizmatchilarning ommaviy holatini, bolalar sonini hisobga olgan holda amal qiladi.


1 sinfga: bo‘ydoqlar, bolasiz ishchilar, ajrashganlar, bevalar.
2 sinfga: ajrashib 1 ta bolasi borlar.
3 sinfga: oilalilar, agar bittasi ishlasa (ikkalasi ishlasa) ularning 1 tasi 5 sinfga o‘tkaziladi.
4 sinfga: oilada er-xotin 1 vaqtda ishlasa daromadlari alohida soliqqa tortilganda.
5 sinfga: oilada ikkalasi ham ishlab ularning umumiy kelishuvga asosan 3 sinfga o‘tkazilgan bo‘lsa.
6 sinfga: 1 nechta ish joylarida daromad oluvchilar.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling