Soliq huquqi


Fransiyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi


Download 409.63 Kb.
bet103/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

10.6. Fransiyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi
soliq tizimi bilan solishtirma tahlili

Hozirgi kunda Fransiyadagi soliqni uch xil guruhga ajratish mumkin:



  • daromad solig‘i;

  • shaxslarni daromad olganda keyingi to‘lanadigan solig‘i (ish haqi);

  • iste’mol solig‘i.

Soliq tizimi asosan iste’mol yo‘nalishiga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy ko‘rsatkichi olingan foyda (daromad)dir. Hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘i ustida gap ketganda barcha ishlab chiqarish va iste’mol uchun qilingan barcha sarf-xarajatlar ko‘zda tutilib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha soliqqa tortilishi tushuniladi. Tashqi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Import bo‘yicha bajariladigan barcha operatsiyalar QQS tortiladi. QQS bajariladigan ishning turlariga bog‘liq bo‘lib, u soliq to‘lovchining moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Soliq stavkasi tovarning bahosiga bog‘liq bo‘lmaydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i obyekti sotilgan tovarlar qiymati va ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi. Bundan tashqari boshqa qilingan xarajatlar ham hisobga olinadi (yuklarni tashish, ortish, tushirish, boj va h.k.). Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblaganda, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.

2004-yilgi ma’lumotga ko‘ra soliqni asosiy stavkasi – 18,6% tashkil etib eng yuqori stavka esa (22%) bu stavka asosan ayrim tovar turlariga (avtomobil, kinofototovarlar, tamaki mahsulotlari, atr-upa, qimmatbaho mo‘yna) qo‘llaniladi. Eng past soliq stavkasi, ya’ni (5,5%) oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, kitoblar, dori-darmonlar uchun qo‘llaniladi. Xuddi shunday past stavkalar ayrim xizmat ko‘rsatish sohalari mehmonxona turisti, yuk tashish, passajir transportlari, ishlab chiqarish korxonalarida ovqatlanishlarni tashkil etish va h.k.da qo‘llaniladi.


QQS dan quyidagilar ozod etiladi:



  • ma’muriy ijtimoiy, tarbiyaviy, madaniy, sport sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi davlat muassalari;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar

  • yakka tadbirkorlik, yakka faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar; diniy yo‘nalishda xizmat qilayotganlar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ayrim bojlar bilan to‘ldiriladi. (boj, aksiz) bular ham iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan iste’mol solig‘ini vujudga keltiradi. Bularni ayrimlari davlat hisobiga ayrimlari mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Qo‘shilgan soliqqa tortiladigan tovarlarga quyidagilar kiradi: spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, gugurt, zajigalka, qimmatbaho toshlardan tayyorlangan mahsulotlar, shakar, konditer mahsulotlar, uchuvchi apparatlar, pivo va shifobaxsh suvlar, ayrim turdagi avtomobillar.
Bilvosita soliqqa qo‘shimcha ravishda elektrenergiyadan foydalanganlik, televizion reklama qilinganlik uchun tortilishi. Ayrim hududlarda dam olish maskanlarini tashkil etish imkoniyatlari bo‘lsa, u holda mahalliy hokimiyat turistik yig‘imlar yig‘ib olishni joriy etadi. Bojxona boji ham iste’mol solig‘i hisoblanib, uning asosiy maqsadi ichki bozorni, ishlab chiqarishni, qishloq xo‘jaligini himoyalashdan iborat. Bojxona boji davlat siyosati bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishini, ichki bozorni himoyalash. Bojxona boji keltirilgan tovarlar bahosini ichki bozor bahosiga tenglashtirishdan iborat. Bojxona boji tovar bahosiga qarab olinadi. Ayrim hollarda boj olishda tovarning og‘irligi, hajmi hisobga olinadi. Bunday boj, ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kinofilmlar uchun ham qo‘llaniladi. Korxonaning sof foydasi daromad solig‘iga tortiladi. Olinadigan soliq miqdori daromad va xarajat o‘rtasidagi farq tenglashtiriladi.
Daromad solig‘iga asosiy o‘rinlardan birini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tashkil etadi. Jismoniy shaxs barcha oladigan daromadlarini hisobga olgan daromad deklaratsiyasini soliq organlariga taqdim etadi. Daromad – bu yil davomida olingan foyda tushumidir. Hisobotda yana har xil daromadlar ham hisobga olinadi (maqsadli nafaqalar, ayrim ijtimoiy guruhlar, qariyalar va nogironlar), qilingan sarf-xarajatlar umumiy foydadan chegirib tashlanadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i progressiv xarakterga ega bo‘lib, daromadlari ma’lum belgilangan chegaradan oshsa, soliq to‘lanadi. Fransiyada ko‘chmas mulk, qimmatbaho qog‘oz va boshqa mulklar bo‘yicha qilingan operatsiyalardan olingan daromadni soliqqa tortishning boshqacha qoidalari mavjuddir.

Agar ko‘chmas mulk qancha narxda sotilgan bo‘lsa, shu baho miqdorida sotilgan yilda soliqqa tortiladi. Uy-joyni sotishdan olgan daromad (foyda) soliqdan ozod etiladi. Agarda uy-joyga egalik qilish muddati 32 yildan ortiq bo‘lsa. Shunday qilib, muddatlar bo‘yicha har xil stavkalar qo‘llaniladi. Agarda mulk sotuvchini qo‘lida ikki yildan oshiq tursa, u holda stavka kamaytiriladi, hatto 0% ham kamaytiriladi. Ko‘chmas mulk bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalardan hosil bo‘lgan foyda soliqqa tortiladi. Agar uning miqdori 20 ming frankdan ortiq bo‘lsa. Bu holatda uch xil soliq stavkasi qo‘llaniladi: 4%, 5%, 7% – san’at asarlari uchun, 7,5% qimmatbaho metallar bilan ish qilinganda Fransiyada xususiy mulk solig‘i budjetga ko‘p daromad keltiradi.


Mahalliy soliq tizimini to‘rtta asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:



  • yer solig‘i qurib bitirilgan uchastkalar uchun;

  • yer solig‘i qurib bitirilmagan uchastkalar uchun;

  • turar joy solig‘i;

  • mutaxassislik solig‘i.

Bu soliq stavkalari mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanadi (bosh kengash va mahalliy kengash). Bu soliq stavkalari davlat tomonidan belgilangan stavkadan o‘tib ketmasligi kerak. Soliq mulkning hamma turiga binolar, inshootlar, suv havzalari, suv yig‘uvchi qurilmalar va ishlab chiqarish va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkalarga taalluqli. Soliqqa tortilgan qism ijaraga berilgan uchastka qiymatini yarmini tashkil etadi. Bu soliqdan shahardan tashqarida bo‘lgan qishloq xo‘jalik maqsadlaridan foydalanilgan davlat mulki binolar ozod etiladi.
Yoshi 75 dan yuqori bo‘lgan jismoniy shaxslardan, maxsus nafaqa oluvchilardan va nogironlardan soliq olinmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida yaratilgan sun’iy o‘rmonzorlar va ularda band bo‘lib turgan yer uchastkalar ma’lum muddat soliqdan ozod etilishi mumkin. Turar joy xususiy mulk kabi soliqqa tortiladi. Kam ta’minlangan shaxs butunlay yoki qisman bu soliqdan ozod etilishi mumkin. Doimiy mutaxassislik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq joriy etilgan.
Mahalliy boshqaruv organlari yuqorida keltirilgan soliq turlariga qo‘shimcha ravishda soliqlar va yig‘imlarni joriy etishi mumkin, ya’ni: maydonlarni tozalash solig‘i; qishloq xo‘jalik palatalarini ta’minlash boji; hunar ta’lim palatalarini ta’minlash boji; konlarni o‘zlashtirishdagi mahalliy yig‘imlar; elektr yoritkichlar o‘rnatganlik uchun mahalliy yig‘imlar; uskunalardan foydalanganlik uchun olinadigan boj; binolarni sotishdan olinadigan soliq; transport vositalari uchun olinadigan boj; limit darajasidan oshib ketgan qurilishlar uchun soliq; maydonni band qilish chegarasi limit darajasidan oshib ketganligi uchun to‘lanadigan soliq26.

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling