Soliq huquqi
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining jahon soliq tizimi modellari bilan solishtirma tahlili
Download 409.63 Kb.
|
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.
10.3. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining jahon soliq tizimi modellari bilan solishtirma tahlili
Amerika modeli bilan solishtirma tahlili. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining AQSh soliq tizimi bilan o‘xshash jihatlari: soliqlardan imtiyozlar va chegirmalar mavjud. Masalan, AQShda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkalari ham O‘zbekiston mamlakatiga o‘xshash, ya’ni soliqning tabaqalashtirilgan uchta stavkasi mavjudligi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda tabaqalashgan to‘rtta stavka mavjud. Yevropa modeli bilan taqqoslama tahlili. Buyuk Britaniya mamlakati soliq tizimi. Hozirgi paytga kelib Buyuk Britaniya soliq tizimi beshta yirik guruhlardan iborat: to‘g‘ri soliqlar; egri soliqlar; mahalliy soliqlar; ishbilarmonlikka soliq; boshqa soliqlar. Buyuk Britaniyada ham, O‘zbekistonda ham budjet daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlar yuqori salmoqqa ega. Asosiy ulushi daromad solig‘iga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniya jismoniy shaxslarning daromadini soliqqa tortishning farqli jihati shundaki, daromad solig‘i shedullar asosida tuzilgan. Germaniya mamlakati soliq tizimi. Germaniyada soliqlar budjetga tushishiga qarab uchga bo‘linadi: federal, yerlar (hudud) va mahalliy. Ularda qirqqa yaqin soliq turi amal qiladi. Bizning soliq tizimimizdan farqli o‘laroq, Germaniyada budjetlarning asosini to‘g‘ri soliqlar tashkil etadi. Yana bir farqli jihati Germaniyada jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblanganda oilaviy sharoiti hisobga olinadi. Fransiya mamlakati soliq tizimi. Fransiya soliq tizimi bizning soliq tizimimizga yaqindir. Ikkala mamlakatda ham budjetning asosiy qismini QQS tashkil etadi. Budjet tuzilishi markaziy va mahalliy budjetlardan iborat. Fransiya soliq tizimi bilan O‘zbekiston soliq tizimida soliqlarni undirish xususiyati o‘xshashdir. Yaponiya mamlakati soliq tizimi. Yaponiyada soliqlar to‘rtta guruhga bo‘lib o‘rganiladi: daromaddan olinadigan soliq; mol-mulkdan olinadigan soliq; iste’mol solig‘i; maxsus mahsulotlarga belgilangan soliqlar. Ularni biz umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lamiz. Aholi daromadlaridan olinadigan soliqlar o‘nta guruhga bo‘linadi. Iste’mol solig‘i guruhiga litsenziya va registratsiya solig‘i, gerb yig‘imi, irrigatsiya yerlarini yaxshilash uchun soliq, elektroenergiya manbalarini rivojlantirish uchun soliq, mehmonxonalarda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun soliq, restoranlarda ovqatlanish uchun soliqlarga bo‘linadi. Download 409.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling