Soliq huquqi


Ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi


Download 409.63 Kb.
bet84/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Ishonchli shaxsda birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi. Ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda birgalikda chiqariladigan mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hisobini alohida-alohida yuritadi.
Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish oborotlari belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i (aksiz to‘lanadigan tovar realizatsiya qilingan taqdirda) va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar to‘laydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi bo‘lmagan ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati organida hisobga turishi shart. Ishonchli shaxs hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirgan holda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda realizatsiya qiladi.
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan holdagi sof tushum bilan realizatsiya qilingan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq tarzida aniqlanadi.
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o‘rtasida har bir sherikning (ishtirokchining) hissasi ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasi shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda har bir sherikning (ishtirokchining) boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi.
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilgan va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilgan taqdirda har bir sherikning (ishtirokchining) o‘zi kiritgan hissasi miqdori doirasida olingan mablag‘lari oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solish tartibi. Mol-mulkni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirish sheriklar (ishtirokchilar) o‘rtasida kelishilgan qiymat bo‘yicha yoki buxgalteriya hisobi hujjatlarida hisobga olinadigan balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi hamda unga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olingan va birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirilayotgan mol-mulk bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilayotgan ishonchli shaxsda hisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunda oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) birgalikdagi faoliyatga topshirilayotgan mol-mulk bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish uchun qabul qilmaydi. Agar kiritilayotgan mol-mulk bo‘yicha ilgari qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish amalga oshirilgan bo‘lsa, mol-mulk birgalikdagi faoliyatga topshirilgan davrda ilgari mazkur mol-mulk olinganda hisobga olish uchun qabul qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi kamayadi.
Oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi) o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirgan taqdirda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaydi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish vaqtida ilgari hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritilishi lozim. Bunda tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi topshirilayotgan mol-mulkning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda ko‘rsatiladi.
Oddiy shirkat shartnomasining birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida mol-mulk topshirayotgan sherigi (ishtirokchisi) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinishi uchun topshirilayotgan mol-mulk bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikdagi faoliyatga topshirilgan mol-mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisob-kitob qilishda soliqning ushbu summasini ishonchli shaxs tomonidan hisobga olish uchun qabul qilishga asos bo‘ladi. Hisobvaraq-fakturada “jo‘natiladigan tovarlar hujjatlari yoki shartnomalar raqami va sanasi” degan katakchada “birgalikdagi faoliyatga hissa” degan belgi qo‘yiladi.
Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromadlarga soliq solish oddiy shirkat shartnomasi sherigiga (ishtirokchisiga) soliq solishning amaldagi tartibiga muvofiq oddiy shirkat shartnomasining har bir sherigida (ishtirokchisida) boshqa daromadlar tarkibida amalga oshiriladi. Bunda qat’i belgilangan soliq to‘lovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarning) birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlariga dividendlarga soliq solishda belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.



Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling