Soliq huquqi


Imtiyozlar qo‘llanilishi to‘g‘risida bildirish


Download 409.63 Kb.
bet83/106
Sana22.06.2023
Hajmi409.63 Kb.
#1649399
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқидан модул-Akayeva M.

Imtiyozlar qo‘llanilishi to‘g‘risida bildirish. Yuridik shaxs imtiyozlarni qo‘llash boshlangan sana haqida soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart.
Soliq davri mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq to‘lovchining imtiyozlarga bo‘lgan huquqi yo‘qotilgan sana to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.
Oddiy shirkat shartnomasi sherigida (ishtirokchisida) birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari. Oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sheriklarning (ishtirokchilarning) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikda foydalanadigan mol-mulki birgalikdagi faoliyatga qo‘shilgan hissa tarzida har bir sherikning (ishtirokchining) balansida hisobga olinishi lozim. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda vujudga keladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bo‘yicha majburiyatlar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxs (ishonchli shaxs) tomonidan ijro etiladi. Bunda agar oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarining) biri yuridik shaxs bo‘lsa, faqat yuridik shaxs ishonchli shaxs bo‘lishi mumkin.
Ishonchli shaxs vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs soliq solish obyektlari va birgalikdagi faoliyat bo‘yicha soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobini alohida-alohida yuritadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilayotgan ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni boshlagan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ishonchli shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organida birgalikdagi faoliyat doirasida soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to‘lovchi sifatida hisobga turishi shart.

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling