Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi


Download 0.92 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1377038
Bog'liq
Mamurchilik

Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi.

ST-80 guruh talabasi

Atabayev Muhriddin

SOLIQ TIZIMI

  • Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi.
  • Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALDA BO’LGAN SOLIQ TURLARI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALDA BO’LGAN SOLIQ TURLARI

  • YUridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq.
  • Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.
  • Qo’shilgan qiymat solig’i.
  • Aksiz solig’i.
  • Er osti boyliklaridan foydalanish solig’i.
  • Suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq.
  • Savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i.
  • Bojxona boji.
  • Davlat boji.
  • Kimmatli qog’ozlarni ruyxatdan o’tkazish yig’imi.
  • Boshqa daromadlar.
  • Mol-mulk solig’i.
  • Er solig’i.
  • YAgona soliq.
  • Infratuzilmani rivojlantirish solig’i.
  • Jismoniy shaxslarning transport yoqilig’isi ushun iste’mol solig’i.
  • Jismoniy shaxslar shetdan tovarlar olib kelganligi ushun yagona bojxona to’lovi.
  • Savdo huquq yig’imi, shu jumladan alohida tovarlarni turlarini sotish litsenziya yig’imi.
  • Ishbilarmonlik bilan shug’ullanuvshi huquqiy hamda jismoniy shaxslarni ruyxatdan o’tkazish yig’imi.

12-modda. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar

  • Boshqa majburiy to’lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
  • Soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.

Yig’im deganda vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yuridik ahamiyatga molik hatti-harakatlar amalga oshirilishining shartlaridan biri bo’lib hisoblanadigan, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy badal tushuniladi.

  • Boj - bu yuridik va jismoniy shaxslardan maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan ma’lum bir holatni belgilash yoki yuridik kuchga ega bo’lgan xujjatni berish uchun to’lanadigan to’lov.

SOLIQ TIZIMINI GURUHLASH TARTIBI

  • Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
  • To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
  • Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling