Soliq ma’muriyatchiligini takomillishtirish xorijiy investorlarni jalb etishning muxim omillari baqoyeva Madina


To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi


Download 25.71 Kb.
bet2/4
Sana17.10.2023
Hajmi25.71 Kb.
#1706688
1   2   3   4
Bog'liq
panayev 2

To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
* 300 ming AQSH dollaridan 3mln AQSH dollarigacha 3-yil muddatga;
*3 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha 5-yil muddatga;
*10 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda-7 yil muddatga (11 aprel 2005 yildagi PF-3594-son Farmonning 1-bandi). yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod qilinishi nazarda tutilgan.
Soliq imtiyozlari quyidagicha shartlar asosida qo‘llaniladi:
*Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari Respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirish; Bunday xududiy cheklov turizm va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarga tadbiq etilmaydi;
*Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33%ni, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa –kamida 15 % ni tashkil etishi lozim;
*Xorijiy investitsiyalarni EAV yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘yish;
*Mazkur imtiyozlarni qo‘llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50%ini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirilgan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
*yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, investitsiya vositachilarining qimmatli qog‘ozlar depo-hisobvarag‘ini ochish xamda yuritish;
*Qimmatli qog‘ozlar (akiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlar bo‘lgan huquqni xisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish xamda qimmatli qog‘ozlar reestrini yuritish buyicha operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlarlar savdosini tashkil etish buyicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash buyicha xizmatlar undan mustasno. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalar ro‘yxatida (AV tomonidan 29 may 2013 yilda 2460-son bilan ruyxatdan o‘tkazilgan) ushbu xizmatlar rasshifrovkasi keltirilgan.
YUridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan investitsion vositachilarning qimmatli qog‘ozlar depozit hisob varag‘ini ochish hamda yuritishga doir xizmatlarga quyidagilar taalluqli:
*Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
*Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
*Qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi xujjatlarni saqlash;
*Qimmatli qog‘ozlarni egalaridan reestrlarini yuritish;
*Davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
*Investitsion vositachilarni depozit-hisobvarag‘ini amalga oshirish;
*Belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yana izchillashtirish, takomillashtirish maksadlarida bugungi kunda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan vositachilik haqi va boshqa turdagi daromadlar soliq solishdan ozod etiladi.

Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling