Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning yig'iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida


Download 65.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi65.83 Kb.
#1591583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
foydalaniladigan ma'lumotlar bazasi ishonchliligini auditdan o'tkazsin. 
12. 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son
qarorining amal qilishi tatbiq etilsin. 
13. 2021-yil 1-yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va
Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha
olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy-texnik vositalar bojxona to'lovlarini (bojxona
rasmiylashtiruvlari uchun yig'imlardan tashqari) to'lashdan ozod etilsin. 
14. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 
ikki hafta muddatda O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va Hisob
palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda
tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini; 
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va
qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritsin. 
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari
V.A.Golishev va O.B.Murodov zimmasiga yuklansin. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 
Toshkent shahri, 2017-yil 18-iyul 
* * *
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish,
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning yig'iluvchanligini
oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga
SHARH
8 / 12


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi – iqtisodiyotni jadal rivojlantirish,
tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash,
ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni kengaytirishning asosiy shartlaridan biri
hisoblanadi. 
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish bazasini kengaytirish orqali soliq
ma'muriyatchiligini soddalashtirish va soliq yukini kamaytirish masalalari alohida o'rin
tutadi. 
O'tgan davr mobaynida tadbirkorlik subyektlarida tekshirishlarni qisqartirish va ularning
faoliyatiga asossiz aralashishlarga barham berish bo'yicha zarur choralar ko'rildi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirish tartiblari bekor
qilindi, hisobotlarning shakli va taqdim etish muddatlari soddalashtirildi. 
Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolar
mavjudligi sababli Farmon bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning
quyidagi muhim yo'nalishlari belgilandi: 
soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
ilg'or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to'lovchilarga, eng avvalo,
tadbirkorlik subyektlariga to'g'ridan-to'g'ri muloqotsiz elektron xizmat ko'rsatishga to'liq
o'tish; 
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o'z vaqtida hamda ishonchli hisobga
olinishini ta'minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq
solish masalalari bilan bog'liq bo'lgan ishonchli axborotini o'z muddatida taqdim etish
bo'yicha mas'uliyatini oshirish
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarga har tomonlama ko'maklashish,
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va
soliq to'lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning
zamonaviy uslublarini joriy etish; 
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil
qilish orqali soliq solish obyektlarini to'liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani
kengaytirishni ta'minlash bo'yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish; 
faoliyat ko'rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama
ko'maklashish, past rentabelli va zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy
ahvolini sog'lomlashtirish, o'zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq
qarzi oshishiga yo'l qo'ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish; 
9 / 12



Download 65.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling