Soliq maslahati 6mm-20 guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddin
Soliq maslahatchilari palatasi quyidagi funksiyalarni bajaradi
Download 1.32 Mb.
|
Soliq maslahati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Thank you
Soliq maslahatchilari palatasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
soliq maslahatchilarining reyestrini yuritadi; soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestrini yuritadi; ushbu Qonun 23-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan, soliq maslahatiga oid xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining ro‘yxatini yuritadi; soliq maslahatining milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni va soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; amalga oshirilayotgan faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, o‘z a’zolarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; soliq maslahatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi. Soliq maslahatchilari palatasi ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan reyestrlarni, shuningdek ro‘yxatni shakllantirish hamda yuritish tartibini belgilaydi. Soliq maslahatchilari palatasi o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va soliq maslahatiga o‘qitishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu talablarga rioya etilishi monitoringini ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Soliq maslahatchilari palatasi qonunchilikka va o‘z ustaviga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyidan va joylashgan eridan (pochta manzilidan) qat’i nazar, soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishga haqli. Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: maxfiylik; soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligini sug‘urta polisi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisidir. Agar soliq maslahatchisi soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqaroviy-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzgan taqdirda, u soliq maslahatiga oid faoliyatga jalb etilishi mumkin. Soliq maslahatchisi Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan belgilangan tartibda har yili o‘z malakasini oshirishi shart. Thank youThank youDownload 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling