Soliq organlarida axborot texnologiyalarning rolini oshirish ahamiyati


Download 85.5 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1438336
1   2   3
Bog'liq
disertatsiya uchun maqola

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Insoniyat axborot texnologiyalarga asoslangan toʻrtinchi sanoat inqilobining ostonasiga yetdi. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida globallashuvni to’xtanish imkoniyati yoqligi haqida gapirila boshladi endi butun dunyodagi barcha sohalarda raqamlashtirishni qo’llash, yozish va muhokama qilishni boshladilar. Haqiqatan ham, barcha tarmoqlarning raqamli transformatsiyasi davom etmoqda. Dubayda oʻtgan Jahon hukumati sammitida inson miyasi va uning raqamli versiyasi oʻrtasida axborot almashinuvi haqida munozaralar boʻlib oʻtdi.
Dastlabki, "raqamli iqtisodiyot" atamasi Yaponiyada 1990-yillardagi Yapon inqirozining balandligida birinchi marta qayd etilgan. Keyinchalik gʻarbga 1995 yillarda Don Tapskottning "Raqamli Iqtisodiyot: tarmoq maʼlumotlari davrida imkoniyatlar va tahdidlar" kitobida qayd etilgan. Internet biznes yoʻlni albatda oʻzgartiradi. [7-10]
Darhaqiqat mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda va xukumat tomonidan muhim qarorlar qabul qilindi. Shulardan, 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”,[2] deb nom berilishi, 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi [3] va 2018 yil 3 iyuldagi
“Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi [4-11] prezident farmoni hamda qarori respublikamizda boshqaruv tizimi raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy va innovatsion axborot texnologiyalarni rivojlantirishga yetarli sharoitlar yaratish hizmat qiladi, shu o’rinda axborot havfsizligini ta’minlash masallariga ham alohida etibor qaratish lozim, shu jihatdan qonuniy asos yaratilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada qoʻyilgan masala muamosi koʻrib chiqishda ekspert baholash, deduktsion va induktsion belgilash yondashuv etakchi usuli boʻldi.

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling