Soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal institut «Soliqlar va Soliqqa tortish» kafedrasi


Download 1.73 Mb.
bet31/33
Sana31.01.2024
Hajmi1.73 Mb.
#1830159
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
11 variant FISH guruhi Mustaqil ta\'lim topshirig\'i Jurabekov

UMUMIY HULOSA

Umumiy xulosamizni dastlab korxona balansidan boshlamoqchiman. Korxonaning uzoq muddatli aktivlar kamayib, joriy aktivlar o'sish tendentsiyasida bu holat korxonaning joriy aktivlarini yanada rivojlantirish uchun harakat qilayotganini ko'rsatib turibdi .Pul mablag’lari ham katta tendensiyada o’sgan va bu korxona uchun ijobiy holatdir .Chunki bu o’sish tahlilning boshqa bosqichlarida korxonaning bir necha likvidlik va rentabellik ko’rsatkichlarini hisoblashda ijobiy rol o’ynaydi. Korxonaning uzoq muddatli aktivlarini kamayishiga keladigan bo’lsak , u o’tgan yilga nisbatan 4% ga kamaygan . O’ylashimcha bu normal hodisa. Chunki eskirish va boshqa omillar albatta uzoq muddatli aktivlar qiymatiga ta’sir qilmay qolmaydi.Korxona bpassivlariga keladigan bo’lsak , korxona mol mulki deyarli hisobot yilida 40% ga oshgan . Bu ajoyib ko’rsatkich. Bunga eng katta ta’sir ko’rsatgan omil o’z mablag’larining keskin oshganidadir. Qiqa muddatli majburiyatlarimizning 3% ga qisqargani esa korxona uchun ijobiy hodisa sanaladi. Bu uning qisqa muddatli majburiyatlarini so’ndirish bilan bog’liq muammolar kamayganidan dalolat beradi.Ammo shunga qaramay uzoq muddatli majburiyatlarimiz o’sish tendensiyasini ko’rsatmoqda , bu kelgusi tahlilarimizda bir necha rentabillik va likvidlik ko’rsatkichlarimizga o’z salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.


Balans bo’yicha tahililni davom ettirar ekanmiz , e’tiborimizni oborot mablag’larimizning bu yil ortiqcha ekanligiga e’tibor qaratib o’tamiz. Bunga balans aktivlarimizni , ayniqsa joriy aktivlarni juda tez o’sgani sabab bo’lgan . Xo’sh oborot mablag’larimizning oshishi korxonamizga nima beradi? Aylanma mablag'larning ortiqchasi bu kompaniyaning qisqa muddatli xarajatlari va investitsiyalarini qoplash uchun ko'proq aylanma mablag'larga ega ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek hisobot yilidayil korxona korxona qoplash koeffitsienti 135% dan 206% gacha ko'tarildi, bu 71% yaxshilanishni anglatadi. Bu yil davomida kompaniyaning uzoq muddatli majburiyatlarini mavjud resurslar bilan qoplash imkoniyati yaxshilanganidan dalolat beradi.
Shundan so’ng biz aktivlarimizninning ishlab chiqarishda qanday ishlatotganimizga e’tibor qaratamiz , ularning umumiy potensiali qanday? Bu savolgs javob topish uchun ishlab chiqarish potensialimizni ko’rib chiqamiz. Dastlab ishlab chiqarish potensialining umumiy tahlilini boshlasak .Uning 4% o’sishi korxona uchun ijobiy ko’ratkich sanalib quyidagi ba’zi farazlarni taqdim etishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish potentsialining 4% oshishi odatda korxonaning iste'mol qilgan resurslarini va tajribalarini kengaytirish, yangi bozorlarga kirish va iste'mol qilishga qodirlikni oshirishni ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish potentsiali o'sishi kompaniya uchun yangi imkoniyatlar yaratish, daromadni oshirish va bozordan ko'proq foydalanish imkonini beradi.Korxona ishlab chiqarish potensialiga eng katta ta’sir o’tkazgan omillar bu zahiralarni , o’tgan yilga nisbatan 40% ga oshgani , tugallanmagan qurilishni 895 % ga ko’paygani , va asosiy vositalarni 5% ga qadrzizlanganidir. Tugallanmagan qurilishning bu darajada keng o’sishi korxona uchun salbiy ko’rsatkich sanaladi. Va bir necha tahminlarni berishi mumkin . Ammo mening fikrmim bo’yicha korxona umumiy ishlab chaqairshi ham Keskin o’sgan sharoitda buni tushinish mumkin. Yana bir faraz esa korxona o’z tovarlari uchun potensial bozor topishga qiynalayotgan bo’lishi mumkinligdir.
korxonamizda likvidlilik bilan bog’liq holat ham nisbatan yaxshi
Dastlab joriy likvidlilikdan boshlasak: Joriy likvidlik koeffitsienti: Joriy likvidlik koeffitsienti 3,543966891 dan 8.662872151 gacha ko'tarildi, bu yaxshilangan likvidlik va qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish qobiliyatini ko'rsatadi . Oraliq likvidlik koeffitsienti esa 2,214468069 dan 4.70755549 gacha ko'tarildi, bu aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o'rtasidagi tafovutni qoplash qobiliyati yaxshilanganini ko'rsatadi. Mutlaq likvidlik koeffitsienti hisobot yilida 0,992358471 dan 1.49650099 gacha o’sdi, bu qisqa muddatli majburiyatlarni likvid aktivlar bilan qoplash qobiliyatining o’sganini ko'rsatadi.
Umuman olganda balans aktiv likvidligi o’sish tendensiyasini ko’rsatgan ya’ni barcha ativ likvidlar o’sgan , ammo shunga qaramasdan passivlar ham shunga monand ko’payib brogan va hisobot yili va o’tgan yilda bizda to’lov manbalari taqchilligi kuzatildi eng asosiy sabab esa uzoq muddatli majburiyatimning umumiy ulushi balansda kattaligi va o’sishdan to’xtamaganidir. Korxona to’lov manbalari taqchilligini kamaytirishi uchun uzoq muddatli majburiyatlarni nazorat ostida ushlashga intilishi lozim.
Korxonani dastlabki ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqqandan so’ng endigi navbat uning oliyaviy barqarorlik koefsentlariga qisqacha to’xtalib o’tsak Umuman olganda, o'zgarishlar va tavsiya etilgan me'yoriy darajalarga asoslanib, tashkilot moliyaviy mustaqillik, moliyaviy barqarorlik, qisqa muddatli likvidlik(a’lo darajada) va mutlaq likvidlik bo'yicha yaxshilanishlarni ko'rsatdi. Biroq, investitsion harakatchanlik koeffitsienti kamaydi, bu esa tashkilotning moliyaviy strategiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Korxonaning moliyaviy qaramlik ko’rsatkichi ham pasaygan. Buning eng katta sabablaridan biri o’z mablag’lari manbalarining o’sganidir.
Korxonaning rentabillik ko’rsatkichlari ham u qadar yomon emas , ya’ni normal xolatda . Lekin uning ba’zi bir salbiy rentabillik ko’rsatkichlarini keltirib o’tishimiz lozim(ijobiy rentabillik topshiriqlarda yoritilgan) .Bular : O’z kаpitаli rеntаbеlligi , Mаhsulоt sоtishdаn ko’rilgаn rеntаbеllik va Хаrаjаtlаr qаytimi rеntаbеlligidir. Ushbu ko’rsatkichlarni pasayishi korxona moliyaviy xolatiga salbiy ta’sir qilmoqda . Korxona ushbu ko’rsatkichlar ustidan nazoorat o’rnatishi lozim.
Korxoananing balansining aktiv retabilligidani ham qisqacha xuosasii keltrib o’tamiz: Sof foyda, sof sotishdan tushgan tushum va rentabellik koeffitsientlarining o'sishi samaradorlik, daromad olish va rentabellikning yaxshilanganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, balans aktivlarining o'rtacha yillik qiymatining o'sishi kompaniya aktivlari bazasini kengaytirishdan dalolat beradi. Bu yaxshilanishlar ijobiy moliyaviy istiqbolni aks ettiradi va kompaniyaning yuqori daromad olish va aktivlaridan samarali foydalanish qobiliyatini bildiradi
Korxona debitorlik va kreditorlik qarzlari aylanishi koefsintiga to’xtaladigan bo’lsak: Debitorlik qarzlarining aylanmasi koeffitsienti yaxshilandi, bu debitorlik qarzlarini undirish samaradorligini oshirishdan dalolat beradi. Biroq, debitorlik qarzlarining bir kunlik aylanmasi kamaydi, bu uzoqroq yig'ish muddatini ko'rsatadi. Aylanma mablag‘larda debitorlik qarzlarining ortib borayotgan ulushini ham ta’kidlash zarur. Ammo bu ko’rsatkich o’sishiga eng katta ta’sir qilgan omil bu mahsulot ishlab chiqarish hajimini oshishi ya’ni , bu korxona uchun ijobiy ko’rsatkich bo’lishi mumkin.
Kridertorlik qarzlari bo’yicha esa quiyidagi o’zgarishlar bo’ldi: Kreditorlik qarzlari aylanmasi koeffitsientining yaxshilanishi va kreditorlik qarzlarining aylanish davrining qisqarishi qarzlar va kreditorlik qarzlarini yaxshiroq boshqarishdan dalolat beradi. Bundan tashqari, umumiy majburiyatlarda kreditorlar ulushining kamayishi kompaniyani moliyalashtirish manbalarining potentsial o'zgarishini ko'rsatadi. Bu oʻzgarishlar kompaniyaning moliyaviy holati hamda oʻz majburiyatlari va kreditorlik qarzlarini samarali boshqarish qobiliyatini aks ettiradi.
Umuman olganda korxonani tahlil qilarkanman , hisobot yilida korxona bir nechta yutuqlarga erishgani ammo shu bilan birga bir qator kamchiliklarga ham ega ekanligiga ham guvoh bo’dim. Jorxona oz istqibolini yanada mustahkamlashi uchun uzoq muddatli majburiyatlar va investisioin harakatchanlik kabi ko’rsatkichlar ustida ko’proq ishlashi lozmdir.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling