Soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal institut «Soliqlar va Soliqqa tortish» kafedrasi


Download 1.73 Mb.
bet1/33
Sana31.01.2024
Hajmi1.73 Mb.
#1830159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
11 variant FISH guruhi Mustaqil ta\'lim topshirig\'i Jurabekov



SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUT


«Soliqlar va Soliqqa tortish» KAFEDRASI

«MOLIYAVIY TAHLIL»
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM
TOPSHIRIG’I
Bajardi: SST-04-21-guruh talabasi Jo’rabekov Azizbek


Qabul qildi: dots. A.B. Abdullayev


Mustaqil ta’lim topshirig’ini tuzuvchi: Iqtisodiy tahlil kafedrasi dotsenti, PhD A.B.Abdullayev


Toshkent – 2023


ESLATMA !!!
MUSTAQİL TA’LİMNİ BAJARİSH UCHUN QO’YİLGAN TALABLAR!
Mustaqil ta’lim topshiriqlari xar bir talabaning o’zi tomonidan mustaqil tarzda bajariladi;
Mustaqil ta’lim topshiriqlariga qo’yilgan talablardan kelib chiqib, savollarga javoblarni yozishda kitoblar va elektron manbalardan nusha ko’chirib bajarilmaydi. Albatta ushbu manbalardan foydalangan holda, talabaning mustaqil tarzdagi fikri bayon etilgan holda mustaqil ta’lim topshig’i bajariladi;
Boshqa bir talabaning mustaqil talimidan yoki boshqa bir manbadan nusha olib yuborilgan mustaqil talim topshiriqlari qabul qilinmaydi hamda baholanmaydi;
Harbir talaba uchun mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda foydalaniladigan axborot manbalarida alohida xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, talaba ushbu ilovalardan foydalangan holda masalalar va topshiriqlarni bajaradilar;
Mustaqil talim 4ta qismdan iborat bo’ladi:
1-Kirish;
2-Asosiy qism;
3-Umumiy hulosa;
4-Ilovalar
Talaba mustaqil ta’limning kirish qismida, bugungi kunda vatanimizda olib borilayotgan islohotlarning moliyaviy tahlil bilan bog’liqlik jahatlari, dolzarbli va tahlilning ahamiyati, boshqaruvdagi roli va o’rni...kabi masalalar to’g’risida 1.5-2 bet fikr bayon etiladi;
Mustaqil ta’limning asosiy qismida talaba uchun berilgan topshiriqlar va masalalarni ilovada keltilgan ma’lumotlardan foydalanib bajarishi kerak va har bir bajarilgan masalaning natijaviy yechimlari bo’yicha hulosalar yozishi kerak;
17-43 topshiriqlarni bajarishda talaba tahlil uchun kerakli ma’lumotlarni alohida korxona moliyaviy va statistik hisobotlaridan oladilar. Tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar kamida ikki yillik davrni o’z ichiga olishi kerak.
Talaba ilovada keltirilgan korhona ko’rsatkichlari asosida mustaqil ta’lim topshiriqlarni barchasini bajarib bo’lgandan keyin, ushbu natijalar asosida umumiy hulosa shakllantiriladi. (2-3bet)
Talaba tomonidan mustaqil ta’limni bajarishda foydalangan axborot manbalari, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlar ilova qilinadi.
KIRISH
Moliyaviy tahilil deyilganda eng avvalo iqtisodiy jarayon va ularni mazmun mohiyatnini to’la tushunib yetgan holda , buxalteriya xisobi va boshqa hisob ma’lumotlarga asoslanib , korxona moliyaviy xolatini to’gri tahlil etib , uning iqtisodiy holatini yanada kuchaytiradigan qarorlar qabu qilish jarayoniga aytiladi.(Shaxsiy Fikr)
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini yaxshilash va samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish xo‘jalik subyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, mavjud foydalanilmagan ichki resurslarni aniqlab, subyektning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Moliyaviy tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va moliyaviy holatiga har tomonlama baho berish hamda mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi sifatida xo‘jalik faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablarini o‘rgangan holda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga yordam berishdan iborat. Binobarin, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning vazifalari sifatida quyidagilarni keltirish lozim: – o‘rganilayotgan obyektga to‘g‘ri va xolisona baho berish; – o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish; – ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisob-kitob qilish; – aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish; – moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish va samaradorlikni oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata olish;
– o‘rganilayotgan subyektning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni subyekt faoliyatini yaxshilashga jalb qilish; – xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanishi uchun joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirgan holda kelgusida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishi uchun oqilona va to‘g‘ri xulosalar berish.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling