Soliq qo‘mitasi
Download 6.8 Kb.
|
Bildirgi argos o\'qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hurmatli Mirziyod Mirvaxidovich
Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Maxkamovga Hurmatli Mirziyod Mirvaxidovich, Soliq qoʻmitasining 2023-yil 6-yanvardagi 25-if-son topshirigʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining youtube kanali hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasida joylashtirilgan siyosiy-maʻrifiy oʻquv soatlarida har haftaning juma kunlari soat 900-1000da barcha xodimlarining onlayn ishtiroklarini taʻminlash topshirilgan. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, 2023-yil 5-may kuni oʻtkazilgan “Siyosiy (Maʻrifat) oʻquv soat”da “Singapur mo‘jizasi” mavzusidagi videolavha, Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda meritokratiya tizimining siyosiy mexanizmlari mavzusi doirasida taqdimot, “Kitob mutolaasi” ruknida (Dunkan Klark: Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan) hamda Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar yoritilib, mazkur oʻquv soatida Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti xodimlari ishtiroki taʻminlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq qoʻmitasining 2023-yil 6-yanvardagi 25-if-son topshirigʻining navbatdagi ijrosini nazoratdan olishga ruxsat berishingizni soʻraymiz. Download 6.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling