Soliq siyosаti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlаnish omili musayev Zikir Zokirovich
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMusayev Zikir Zokirovich
Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1177 SOLIQ SIYOSАTI - IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLАNISH OMILI Musayev Zikir Zokirovich Soliq siyosati haqida soʼz yuritar ekanmiz, biz uning nihoyatda koʼp qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida taʼkidlashimiz kerak. Soliq siyosatining asosiy yoʼnalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari oʼrtasida qayta taqsimlash va bosh yoʼnalishga ega boʼlgan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir. Soliq siyosati haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida toʼxtalib oʼtishimiz lozim boʼladi. Hozirgi kunda soliq siyosati turlarini quyidagicha guruhlash mumkin: - iqtisodiy oʼsish siyosati; - muvozanatlashtirish siyosati; - chegaralash siyosati. Soliq siyosatining yuqorida keltirib oʼtilgan turlari milliy daromad hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga, davlat xarajatlari tizimini nazorat qilish, soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini taʼminlashga xizmat qiladi. Soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini optimal shakllantirish va davlat xarajatlarini oqilona sarflash uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati tushuniladi. Ayni paytda, soliq siyosati ishlab chiqarishni oʼstirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini koʼpaytirishga qaratilgan boʼlishi lozim. Soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini taʼminlash va kelib tushgan pul mablagʼlarini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini taʼminlashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayib ketishiga yoʼl qoʼymaslik, ishlab chiqarishni ragʼbatlantirishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish boʼlib hisoblanadi Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qoʼllash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Soliq siyosati samarasini pasaytiradigan omillardan quyidagilarni koʼrsatish mumkin: - narxlarning oʼsishi (haqiqatda iqtisodiyotni ragʼbatlantirishga doir chora- tadbirlar nafaqat real YaMM koʼpayishiga, balki inflyatsiyaga ham olib kelishi mumkin); Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1178 - siqib chiqarish effekti: soliq stavkalarini kamaytirish milliy jamgʼarmalarni qisqartiradi va investitsiyalar hajmini kamaytiradi; - sof eksport effekti: soliqlarni qisqartirish milliy jamgʼarmalar miqdorini kamaytiradi, ichki foiz stavkasini oshiradi, xorijiy sarmoyalarning qoʼshimcha oqib kelishiga olib keladi: natijada mamlakat valyutasining kursi oshadi va sof eksport miqdori qisqaradi. Oʼzbekistondagi soliq siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: -hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining oʼzaro bogʼlanganligi va bir-birini toʼldirishi; -soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishini ragʼbatlantirishga erishish, hamda uni mustahkamlashga yoʼnaltirilganligi; -soliq yigʼimini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning ragʼbatlantiruvchi rolini taʼminlash; -budjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilganligi. Soliq tadbirlari budjet tadbirlarini to‘ldirib turadi va ular birgalikda talab majmuasini rivojlantirishga, natijada esa ishlab chiqarishni ham rivojlantirishga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni taʼkidlash mumkinki, budjet daromadlarini ko‘paytirishdagi soliq siyosatining yechimi soliq tizimi va soliq siyosati bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonning soliq siyosatini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishi - bu davlat uchun ham, bozor qatnashchilari uchun ham, qulay sharoitlarni yaratishdir. Bunda soliq islohotining asosiy maqsadi faqat budjet daromadlarini ko‘paytirish bo‘lib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishni, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va faoliyat samaradorligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratimog‘i lozim. Bunda quyidagilar ko‘zda tutiladi: - soliqlarni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish yo‘nalishlarida soliq qonunchiligini takomillashtirish; - soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish; - bir xil soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish; - soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan qatʼiy operativ nazoratni joriy etish. Aytib o‘tilgan choralarni amalga kiritish, amalga oshirilayotgan soliq siyosati samaradorligini oshiradi, hamda soliq tizimini iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling