Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 19.86 Kb.
|
shaxsiy kabinet
Mustaqil ta’lim SOLIQ TO‘LOVCHINING SHAXSIY KABINETIDAN FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA Reja
Shaxsiy kabinetdan foydalanish to’g’risidagi qonun Shaxsiy kabinetda jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish Davlat soliq xizmatining davlat xizmatlar agentligi bilan hamkorligi Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19, 56-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibini belgilaydi. (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda shaxsiy kabinet deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mhsonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchilar — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar; (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27- fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son). shaxsiy kabinetni aktivlashtirish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishga o‘tish; (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mhsonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Oldingi tahrirga qarang. shaxsiy kabinetni amal qilishini to‘xtatib turish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishdan voz kechish; (1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16- mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot; yagona identifikatsiya qilish tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi. 2. Shaxsiy kabinetni qo‘llash quyidagi maqsadlarga qaratilgan: Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishida zamonaviy axborottexnologiyalaridan keng foydalanish; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mhsonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatish; soliq to‘lovchilarga davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratish; soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda hujjatlar aylanish mexanizmini soddalashtirish va tezkorligini oshirish; soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilashni ta’minlash. Oldingi tahrirga qarang. 3. Soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724- son) 2-bob. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish 4. Shaxsiy kabinet jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida avtomatik rejimida shakllantiriladi. Shaxsiy kabinet soliq to‘lovchilar toifalari (jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar) uchun alohida shakllantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, soliq to‘lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o‘z soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 5. Soliq to‘lovchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchini hisobga olish joyidan qat’i nazar, uning davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlari bitta shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 6. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda davlat soliq xizmati organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 7. Shaxsiy kabinetni aktivlashtirish yoki amal qilishini to‘xtatib turish uchun soliq to‘lovchi tomonidan tegishlicha ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shakl bo‘yicha bevosita hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etadi. Ariza taqdim etilgan kundan boshlab shaxsiy kabinet aktivlashtiriladi (amal qilishi to‘xtatib turiladi). Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti aktivlashtirilganidan keyin to uning amal qilishi to‘xtatib turilguniga qadar davlat soliq xizmati organlari barcha hujjatlarni soliq to‘lovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to‘lovchi hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 8. Shaxsiy kabinetga kirish soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi qo‘llanilgan holda yagona identifikatsiya qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda: soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti; soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti; soliq to‘lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — yuridik shaxs vakilining elektron raqamli imzosi kaliti talab etiladi. 9. Agar jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organlarida yuridik shaxsning rahbari sifatida hisobda turgan bo‘lsa, ushbu jismoniy shaxs o‘z elektron raqamli imzosi kaliti bilan yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi mumkin. 3-bob. Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish 10. Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga: a) Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) to‘g‘risidagi arizani; b) davlat soliq xizmati organiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni; v) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan davlat soliq xizmati organlariga murojaatlarni yuborishi mumkin. Soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 11. Soliq to‘lovchilar tomonidan hujjatlar davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 12. Soliq to‘lovchilar elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi. 13. Shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan mobil telefoni raqamiga avtomat tarzda SMS xabarnoma yuboriladi. 14. Soliq to‘lovchi o‘z shaxsiy kabinetida saqlanadigan elektron hujjatlarni ko‘rishi, kompyuteriga yuklab olishi va chop etishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 15. Soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724- son) 16. Davlat soliq xizmati organlari shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga: a) soliq to‘lovchiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni; b) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani; v) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini; g) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan soliq to‘lovchilarni davlat soliq xizmati organlariga qilgan murojaatlariga javob xatlarini yuborishi mumkin. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 17. Davlat soliq xizmati organlari elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni soliq to‘lovchilarga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan elektron hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. Agar soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 19. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchiga elektron hujjatlar yuborilgan kuni soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinetning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda yoki soliq to‘lovchining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan bo‘lsa, mazkur hujjatlar soliq to‘lovchiga uch ish kuni ichida qog‘oz ko‘rinishida jo‘natiladi. 4-bob. Yakuniy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 20. Shaxsiy kabinet orqali qabul qilib olingan va yuborilgan elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724- son) 21. Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolati doirasida: shaxsiy kabinetni o‘z vaqtida shakllantirish; o‘z dasturiy-texnik vositalarini qo‘llagan holda shaxsiy kabinetni samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash; soliq to‘lovchilarga shaxsiy kabinetdan foydalanish borasida tushuntirishlar berish, mazkur masalada qo‘llanmalar tayyorlash va tarqatish; shaxsiy kabinetning axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlash maqsadida ularni bir ish kunida bir marta yangilash; soliq to‘lovchi tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish uchun javobgar hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 21 . Soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar da’vo arizasi (ariza, shikoyat) va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda iqtisodiy sudga elektron tarzda yuborish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanishlari mumkin. (21 -band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 22. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. Download 19.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling